https://oz.sputniknews.uz/20230530/ozbekiston-toza-havo-oyligi-35491681.html
“Toza havo” oyligi yakunlari sarhisob qilindi
“Toza havo” oyligi yakunlari sarhisob qilindi
Sputnik O‘zbekiston
Respublikada “Toza havo” oyligi o‘tkazildi. Unda 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olindi.
2023-05-30T12:21+0500
2023-05-30T12:21+0500
2023-05-30T13:09+0500
jamiyat
o‘zbekiston
avtomobil
transport
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24935722_0:231:3072:1959_1920x0_80_0_0_f3654608b08a7d4e51daf48f8beea9e2.jpg
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Respublikada 10-apreldan 10-mayga qadar “Toza havo” oyligi o‘tkazildi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi Sputnik muxbiriga. Oylikning 1-bosqichida jami 161 537 ta avtotransport vositasi qamrab olindi. Shundan 153 761 tasi toksiklik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.Toshkent shahrida 11 078 ta avtotransport vositasi tekshirilib, ularning 408 tasi yoki 2.7 foizida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meyordan ortiq ekanligi aniqlandi.Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo‘pol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan 246 million 225 ming so‘m jarima qo‘llanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.Oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan meyorlardan yuqorilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi. Mazkur tadbir davomida jami 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olingan.“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.
https://oz.sputniknews.uz/20230417/mashinalar-zaharlilik-33981009.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/01/24935722_608:383:2828:2048_1920x0_80_0_0_d21f3ddc4c6175028359dc9d039b16bd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
o‘zbekiston avtotransport atmosfera toza havo oyligi
o‘zbekiston avtotransport atmosfera toza havo oyligi
“Toza havo” oyligi yakunlari sarhisob qilindi
12:21 30.05.2023 (yangilandi: 13:09 30.05.2023) Respublikada “Toza havo” oyligi o‘tkazildi. Unda 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olindi.
TOShKENT, 30-may — Sputnik. Respublikada 10-apreldan 10-mayga qadar “Toza havo” oyligi o‘tkazildi, deya xabar berdi Tabiat resurslari vazirligi Sputnik muxbiriga.
Oylikning 1-bosqichida jami 161 537 ta avtotransport vositasi qamrab olindi. Shundan 153 761 tasi toksiklik darajasi, 7 776 tasi esa tutun qalinligi bo‘yicha tekshiruvdan o‘tkazildi.
"Tekshiruvlar davomida avtotransport vositalarining 4 326 tasi, ya’ni 2,7 foizida ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan meyorlardan yuqori ekanligi aniqlandi", - deyiladi xabarda.
Toshkent shahrida 11 078 ta avtotransport vositasi tekshirilib, ularning 408 tasi yoki 2.7 foizida atmosfera havosiga tashlanayotgan zararli gazlar miqdori meyordan ortiq ekanligi aniqlandi.
Tadbir davomida ishlatilgan gazlarda ifloslantiruvchi moddalar davlat standartlarining belgilangan normalarini qo‘pol ravishda buzgan 1 549 ta avtotransport haydovchisiga nisbatan 246 million 225 ming so‘m jarima qo‘llanildi hamda 1 525 tasining harakati vaqtinchalik to‘xtatib qo‘yildi.
Oylik davomida avtotransport vositalarining ishlatilgan gazlarining ifloslantiruvchi moddalari miqdori o‘rnatilgan meyorlardan yuqorilik darajasi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan kamaygani kuzatildi.
Mazkur tadbir davomida jami 92,8 tonna ifloslantiruvchi modda atmosfera havosiga chiqarilishining oldi olingan.
“Toza havo” oyligining ikkinchi bosqichi sentabr oyida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.