"Tracker" va "Onix" xaridorlari soni ma’lum bo‘ldi — ularning qay biri ko‘proq sotildi?

© UzAuto MotorsMilliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili
Milliy krossover Chevrolet Tracker avtomobili  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
"UzAuto Motors" avtomobillarning yangilangan kontraktatsiyalarning ilk kungi natijalarini e’lon qildi.
TOShKENT, 26-may Sputnik Yangilangan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillarining sotuvi boshlangan ilk kunning o‘zida 24 878 tadan ortiq shartnomalar imzolandi, deya xabar berdi "O‘zavtosanoat".
Yangilangan "Chevrolet Tracker" va "Onix" avtomobillari sotuvi boshlandi — narxlar
Qayd etilishicha, 24 878 tadan ortiq shartnomalarning 21 489 donaga yaqini "Chevrolet Tracker" avtomobil modeli uchun tuzilgan.
"Chevrolet Tracker "- xaridorlar "Tracker"ning Plus va Redline turlarini afzal ko‘rishmoqda. 65% shartnoma avtomobilning aynan ushbu turlarini xarid qilish uchun tuzilgan.
"Chevrolet Onix" - mazkur avtomobil sotuvi bilan ham aynan shunday. Yangi komplektatsiyalari uchun tuzilgan shartnomalar 75% ni tashkil etmoqda.
Yangiliklar lentasi
0