Abbosbek Fayzullayev Yangi Zelandiyaga qarshi o‘yinda urgan golini kimga bag‘ishlagandi

© Futbolnaya assotsiatsiya UzbekistanaChM po futbolu U20
ChM po futbolu U20 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.05.2023
Obuna bo‘lish
Jahon chemponatida Fayzullayev Yangi Zelandiya darvozasiga gol kiritdi va golini uni hamisha qo‘llab kelgan marhum tog‘asiga bag‘ishladi.
TOShKENT, 26-may — Sputnik. Argentinada bo‘lib o‘tayotgan 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionati doirasida o‘zbekistonlik futbolchi Abbosbek Fayzullayev Yangi Zelandiya darvozasini ishg‘ol etdi.
Keyin u kameraga marhum tog‘asi Qahramon Sariboyev tasvirlangan futbolkani ko‘rsatdi. U futbolkani o‘pib, osmonga qaradi va golni tog‘asiga bag‘ishlaganini bildirdi.
Chunki aynan tog‘asi to‘qqiz yoshli Abbosbekni Sirdaryodan Toshkentga olib kelib, futbol bilan tanishtirgan. Tog‘asi bo‘lajak futbolchini har doim qo‘llab-quvvatlagan va unga sportda muvaffaqiyatga erishishni o‘rgatgan.
Avvalroq futbolchi Abbosbek Fayzullayev Osiyo kubogi doirasidagi o‘yinlardan biri bir qancha qo‘riqchilarni ortda qoldirib, maydonda uning yoniga kelgan yosh muxlisga o‘z futbolkasini sovg‘a qilgan edi.
O‘zbekiston - Janubiy Koreya o‘yinida stadionga yugurib chiqqan bolakay Fayzullayevning futbolkasini nima qilishini aytdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Stadionga yugurib chiqqan bolakay Fayzullayevning futbolkasini nima qilishini aytdi - video
Yangiliklar lentasi
0