https://oz.sputniknews.uz/20230524/songgi-qongiroq-vals-tushish-35278841.html
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi
Sputnik O‘zbekiston
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi
2023-05-24T14:14+0500
2023-05-24T14:14+0500
2023-05-24T18:29+0500
jamiyat
maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24793827_1241:486:3070:1515_1920x0_80_0_0_e379c3bc939643d9b0cb11023276d70c.jpg
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni bilan bog‘liq xabarlarga munosabat bildirdi."Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.Avvalroq “Nemolchi.uz” loyihasi O‘zbekistondagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning vals tushishi taqiqlangani haqida yozgan edi.Bu yil umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida tashkil etiladi.Eslatib o‘tamiz, vazirlik maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalarni ishlab chiqqan.Unga ko‘ra "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish taqiqlanadi. Tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/05/19/24793827_1778:549:3070:1518_1920x0_80_0_0_d1160b0ac2715299654560a6dd8a2174.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
so‘nggi qo‘ng‘iroq vals taqiq zapret maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
so‘nggi qo‘ng‘iroq vals taqiq zapret maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida vals tushish taqiqlangani haqidagi xabarlar rad etildi
14:14 24.05.2023 (yangilandi: 18:29 24.05.2023) Avvalroq “Nemolchi.uz” loyihasi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning vals tushishi taqiqlangani haqida yozgan edi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” kuni bilan bog‘liq xabarlarga
munosabat bildirdi.
"Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan O‘zbekiston maktablarida so‘nggi qo‘ng‘iroq kuni bilan bog‘liq taqiqlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qiladi", - deyilgan xabarda.
Avvalroq “Nemolchi.uz” loyihasi O‘zbekistondagi maktablarda “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlarida o‘quvchilarning vals tushishi taqiqlangani haqida
yozgan edi.
Bu yil umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari 25-may kuni soat 8:00 dan 9:00 ga qadar "Ilmni qadrlang, ilmga intiling!" shiori ostida tashkil etiladi.
Eslatib o‘tamiz, vazirlik maktablarda "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha zarur tavsiyalarni
ishlab chiqqan.Unga ko‘ra "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlarini, bosqichli nazorat imtihonlari va yakuniy davlat attestatsiyalarini o‘tkazishda ta’lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish taqiqlanadi. Tadbirga maktabdagi o‘quvchilar sonidan kelib chiqqan holda faqatgina 1, 4, 9, 11-sinf o‘quvchilari jalb qilinadi.