O‘zbekiston Ozarbayjon bilan madaniy hamkorlikni jadallashtiradi

© Xokimiyat goroda TashkentaObsujdeno kulturnoe sotrudnichestvo s Azerbaydjanom
Obsujdeno kulturnoe sotrudnichestvo s Azerbaydjanom - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.05.2023
Obuna bo‘lish
Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.
TOShKENT, 24-may — Sputnik. Toshkent shahar hokimi v.b. Shavkat Umurzoqov Ozarbayjon respublikasi diasporasi bilan ishlash bo‘yicha davlat qo‘mitasining raisi Fuad Muradov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Bu haqda shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuv avvalida Umurzoqov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi hamda Ozarbayjonning taniqli siyosat va jamoat arbobi Haydar Aliyev tavalludining yaqinda nishonlangan 100-yilligi bilan tabrikladi.
U o‘zaro munosabatlar ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlarida imzolangan hujjatlar va kelishuvlar asosida barqaror rivojlanayotganiga e’tibor qaratdi. Iqtisodiyot, xizmat ko‘rsatish, madaniyat, turizm, ta’lim va boshqa sohalarda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘p ekanligini qayd etdi. Xususan, madaniy hamkorlikni jadallashtirish maqsadida Toshkentda Boku kunlari, Bokuda Toshkent kunlarini o‘tkazish taklifini bildirdi.
O‘z navbatida, Fuad Muradov qabul uchun minnatdorlik bildirib, Toshkentning obodligi, ko‘kalamzorlashtirilishiga yuksak baho berdi. Toshkentda istiqomat qilayotgan 40 mingdan ziyod vatandoshlariga, Ozarbayjon madaniyatiga ko‘rsatilayotgan hurmat va e’tibordan juda mamnunligini alohida ta’kidladi.
Taraflar amaliy muloqotni davom ettirishga, do‘stlik va hamkorlik aloqalarini kengaytirishga kelishib olishdi.
Yangiliklar lentasi
0