Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi Qozonga jo‘nab ketdi
13:43 21.05.2023 (yangilandi: 11:49 22.05.2023)
© NOKOtechestvennie shtangisti otpravilis v Kazan
© NOK
Obuna bo‘lish
Tarkibda Olimpiada va jahon chempionlari qatori yoshlar terma jamoasi a’zolari ham bor.
TOShKENT, 21-may — Sputnik. Og‘ir atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini o‘tkazish uchun Rossiya Federatsiyasining Qozon shahriga jo‘nab ketdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Bahrom Mendiboyev boshchiligidagi murabbiylar shtabi ushbu yig‘inga 18 nafar sportchini jalb qilgan. Tarkibda Olimpiada va jahon chempionlari qatori yoshlar terma jamoasi a’zolari ham bor.
Mashg‘ulotlar 10-iyunga qadar davom etadi. Qozonga yo‘l olgan sportchilar tarkibi:
Adhamjon Ergashev;
Doston Yoqubov;
Muhammadqodir Toshtemirov;
Sunnatilla O‘sarov;
Sharofiddin Amriddinov;
Ruslan Nurudinov;
Akbar Jo‘rayev;
Rustam Jangabayev;
Og‘abek Nafasov;
Og‘abek To‘xtayev;
Sarvar Zafarjonov;
Diyorbek Ro‘zmetov;
Nigora Suvonova;
Rigina Adashbayeva;
Tursunoy Jabborova;
Jamila Panfilova;
Shahloxon Abdullayeva;
Gulshoda Dadamirzayeva.