Xitoy Markaziy Osiyoga mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam beradi — Si Szinpin

© Sputnik / Vladimir Astapkovich / Mediabankka o‘tishPredsedatel KNR Si Szinpin na seremonii podpisaniya sovmestnix dokumentov ob uglublenii otnosheniy i napravleniyax sotrudnichestva do 2030 goda mejdu Rossiyey i KNR.
Predsedatel KNR Si Szinpin na seremonii podpisaniya sovmestnix dokumentov ob uglublenii otnosheniy i napravleniyax sotrudnichestva do 2030 goda mejdu Rossiyey i KNR. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
Si Szinpin Xitoy Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashga ko‘maklashishda davom etishini ta’kidladi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga mudofaa qobiliyatini mustahkamlashda yordam berishga tayyor. Bu haqda Xitoy yetakchisi Si Szinpin Sian shahrida bo‘lib o‘tayotgan “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammitida ma’lum qildi, deb yozmoqda RIA Novosti.
Si Szinpin nega Markaziy Osiyo prezidentlari bilan uchrashmoqda?

“Xitoy Markaziy Osiyo davlatlariga huquq-tartibot va mudofaa salohiyatini mustahkamlashga yordam berishga, shuningdek, mintaqaviy xavfsizlikni saqlash va terrorizmga qarshi kurashish borasidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga tayyor”, - deydi Si Szinpin.

Shuningdek, u Xitoy Afg‘onistonni tinch yo‘l bilan tiklashga ko‘maklashishda davom etishini ta’kidladi.

"Markaziy Osiyoning suvereniteti, xavfsizligi, mustaqilligi va hududiy yaxlitligi saqlanishi, Markaziy Osiyo xalqi tanlagan taraqqiyot yo‘li hurmat qilinishi kerak", - deya qo‘shimcha qildi u.

Eslatib o‘tamiz, Xitoyning Sian shahrida “Xitoy-Markaziy Osiyo” sammiti bo‘lib o‘tmoqda. Unda Qozog‘iston prezidenti Qasim Jomart-Toqayev, Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevlar ishtirok etishmoqda.
Yangiliklar lentasi
0