Samarqandda YTH oqibatida maktab o‘quvchisi vafot etdi

© Sputnik / Maksim Blinov / Mediabankka o‘tishMeditsinskiy rabotnik vozle avtomobilya skoroy pomoshi na territorii gorodskoy klinicheskoy bolnisi №40 v Kommunarke
Meditsinskiy rabotnik vozle avtomobilya skoroy pomoshi na territorii gorodskoy klinicheskoy bolnisi №40 v Kommunarke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
2004 yilda tug‘ilgan "Nurli maskan" maktabi o‘quvchisi shifoxonada vafot etgan.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Samarqand shahrida 59-sonli "Nurli maskan" maktabining 19 yoshli o‘quvchisi avtobus urib ketishi oqibatida vafot etdi. Bu haqda viloyat IIB xabar berdi.
Hodisa 13-may kuni Ro‘dakiy mahallasi hududidan o‘tuvchi "Beruniy-Gagarin" yo‘nalishidagi avtomobil yo‘lida ro‘y bergan. “Isuzu” avtobusi haydovchisi yo‘ldan o‘tayotgan 2004-yilda tug‘ilgan Q.D.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasini sodir qilgan.
Tan jarohati olgan piyoda shifokorlar ko‘rsatgan tibbiy yordamlarga qaramasdan, 15-may kuni shifoxonada vafot etgan.
Holat yuzasidan JKning 266-moddasi 2-qismi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0