Mirziyoyev Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini 2 baravar oshirish tashabbusini ilgari surdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana vidvinul vajnie initsiativi po dalneyshemu uglubleniyu regionalnogo sotrudnichestva
Prezident Uzbekistana vidvinul vajnie initsiativi po dalneyshemu uglubleniyu regionalnogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.05.2023
Obuna bo‘lish
Kelgusi yilda Samarqandda Milliy rivojlanish strategiyalarini o‘zaro bog‘lash masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish taklif qilindi.
TOShKENT, 19-may — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Sian shahrida “Markaziy Osiyo - Xitoy” birinchi sammitida ishtirok etib, 2030-yilga borib mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish tashabbusini ilgari surdi.
O‘zbekiston prezidenti o‘z so‘zida savdo, investitsiya, transport va gumanitar sohalardagi mintaqaviy sheriklikni rivojlantirish bo‘yicha qator taklif va tashabbuslarni ilgari surdi.
Strategik yondashuvlar, kompleks tavsiya va yechimlarni, mintaqaviy va global miqyosda tub o‘zgarish yasaydigan loyihalarni ishlab chiqish maqsadida olti mamlakatning yetakchi “aql” markazlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi qayd etildi.
Buni muhokama qilish uchun maydon sifatida kelgusi yilda Samarqandda Milliy rivojlanish strategiyalarini o‘zaro bog‘lash masalalari bo‘yicha xalqaro ekspertlar konferensiyasini o‘tkazish taklif qilindi.
Prezident mintaqa mamlakatlarining barqaror rivoji uchun zarur sharoitlarni shakllantirish, bunda asosiy e’tiborni kambag‘allikka qarshi samarali kurashishga qaratish masalalariga alohida to‘xtaldi.
"Hududlarda, eng avvalo qishloq joylarda turmush darajasini oshirish va ularni rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalardan iborat qo‘shma dasturni qabul qilsak va amalga oshirsak, bu xalqlarimiz tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi va 2030-yilga qadar kun tartibi maqsadlariga erishishga umumiy hissamiz bo‘lishiga ishonaman", - dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Davlat rahbari Yangi iqtisodiy muloqotni shakllantirish va o‘zaro bog‘liqlikni kuchaytirish, 2030-yilga borib mintaqa mamlakatlarining Xitoy bilan tovar ayirboshlash hajmini ikki baravar oshirish tashabbusini ilgari surdi.
Bu borada quyidagilar taklif qilindi:
Sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini o‘zaro yetkazib berishni mutanosib oshirib borish;
Samarali savdo-logistika infratuzilmasi va zamonaviy ulgurji-taqsimot tarmoqlari, “yashil” va ekspress yo‘laklar, elektron tijorat uchun umumiy platformalarni yo‘lga qo‘yish.
Qulay sharoitlar va zarur huquqiy asoslarni shakllantirish uchun O‘zaro savdoga ko‘maklashish va investitsiyalarni rag‘batlantirish to‘g‘risida ko‘p tomonlama bitimni qabul qilish imkoniyatini ko‘rib chiqish taklifi bildirildi.
Yangiliklar lentasi
0