Hafta o‘rtasida harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi

© Sputnik / Said Sarnayev / Mediabankka o‘tishPovsednevnaya jizn
Povsednevnaya jizn - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2023
Obuna bo‘lish
17 may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
TOShKENT, 15-may — Sputnik. O‘zgidromet joriy ish haftasi davomida kuzatiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.
Prognozlariga ko‘ra, hafta davomida O‘zbekiston hududining katta qismi Kavkaz hududlari ustida shakllangan yuqori siklon ta’siri ostida bo‘ladi.
15 may kuni respublika bo‘yicha quruq va ochiq ob-havo saqlanib turadi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq ham bo‘lishi mumkin. Havo harorati kunduzi +33…+35 darajani tashkil etadi.
Ish haftasining qolgan kunlarida respublika bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. 16-may kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida, 17-may kuni Buxoro, Navoiy, Toshkent, Samarqand, Jizzax, Qashqadaryo viloyatlarida yomg‘ir kuchli yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin.
16 may kuni kechasi havo harorati +18…+20 darajani, kunduzi +31…+33 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +13…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +17…+22 darajagacha pasayadi. 18-may kuni kechasi +10…+15 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi. 19-may kuni kechasi +12…+17 darajani tashkil etadi, kunduzi +25…+30 darajagacha yana biroz ko‘tariladi.
15−16 may kunlari shimolda va cho‘l hududlarda, 17-may kuni respublika bo‘ylab ba’zi joylarda shamol tezligi 15−20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda. Ba’zida 23−25 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. 17−19 may kunlari ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Baland tog‘larda (2000 metrdan yuqorida) 17−19 may kunlari yomg‘ir qorga aylanishi mumkin.
Toshkent shahrida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kutilmaydi, chorshanba va payshanba kunlari vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘ladi. Shamol chorshanba kuni 12−15 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 15-may kuni kunduzi +33…+35 darajani, 16-may kuni kechasi +18…+20 darajani, kunduzi +29…+31 darajani tashkil etadi. 17-may kuni kechasi +16…+18 daraja bo‘ladi, kunduzi +20…+22 darajagacha pasayadi, 18-may kuni kechasi +12…+14 darajagacha pasayadi, kunduzi +23…+25 darajagacha biroz ko‘tariladi.
Yangiliklar lentasi
0