Aralash saylov tizimiga o‘tish partiyalarga qanday ta’sir qiladi — mutaxassis javobi

© O‘zbekiston respublikasi Oliy majlis Qonunchilik palatasiKonstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi
Konstitutsiyaviy qonun loyihasi muhokamasi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Aralash tizimga o‘tish O‘zbekistonda ko‘ppartiyaviylikni mustahkamlash yo‘lidagi juda muhim qadam bo‘ladi.
TOShKENT, 10-may — Sputnik. O‘zbekistonning majoritar saylov tizimidan aralash saylov tizimiga o‘tishi mamlakatda siyosiy partiyalarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Bu haqda "Ma'no" ilmiy tashabbuslar markazi direktori Baxtiyor Ergashev ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
“O‘zbekiston endi konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartirishlar doirasida ushbu aralash, majoritar-proporsional tizimni joriy etishga tayyor. Chunki bu tizimda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish zarur”, — dedi Ergashev RIA Novostiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aralash tizimga o‘tish O‘zbekistonda ko‘p partiyaviylikni mustahkamlash yo‘lidagi juda muhim qadam bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.
Podschet golosov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tadi
Yangiliklar lentasi
0