Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Meyoridan ortiqcha tuz iste’mol qilishning qanday xavfli oqibatlari bor

© Depositphotos.com / Ia__64Sol sipletsya iz solonki
Sol sipletsya iz solonki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.05.2023
Obuna bo‘lish
Ko‘p miqdorda tuz qon tomirlari va yurak faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, shuningdek, qon bosimini oshirishi mumkin.
Parhezshunos, tibbiyot fanlari nomzodi Irina Yuzup tuzning buyraklar salomatligi uchun zarari haqida ma’lumot berdi.
“Organizmda ortiqcha tuz bo‘lsa, buyraklar uni filtrlash uchun odatdagidan qattiqroq ishlaydi. Bunday og‘ir zo‘riqish natijasida buyraklarga zarar yetadi va davolanmasa, surunkali buyrak kasalligiga olib kelishi mumkin", – deydi mutaxassis.
Ko‘p miqdorda tuz qon tomirlari va yurak faoliyatiga salbiy ta’sir qiladi, shuningdek, qon bosimini oshirishi mumkin. Qolaversa, iste’mol qilinadigan tuz miqdorini nazorat qilish oson emas, chunki tuz – non, konserva, yarim tayyor mahsulotlar va qaylalarda ham mavjud, deya qo‘shimcha qildi Irina Yuzup.
Shifokor 3-5 kun davomida tuz iste’mol qilishni to‘xtatishga harakat qilishni tavsiya qildi. Mutaxassisning ta’kidlashicha, bu davrda ta’m sezgilari darajasi ijobiy tomonga o‘zgaradi.
Shu bilan birga, natriy xlorid, ya’ni tuzni ovqatlanish tartibidan to‘liq chiqarib tashlash yurak-qon tomir, bovul va asab tizimlarining buzilishi bilan organizmga zarar ko‘rsatadi.
Yangiliklar lentasi
0