O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tadi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaPodschet golosov
Podschet golosov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.05.2023
Obuna bo‘lish
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1 oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.
TOShKENT, 9-may — Sputnik. O‘zbekistonda saylov tizimi majoritar-proporsional shaklga o‘tkaziladi. Bu haqda 8-may kuni prezident tomonidan imzolangan farmonda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, Oliy Majlis palatalari va siyosiy partiyalarning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatlari korpusini shakllantirishning majoritar-proporsional shakliga asoslangan saylov tizimini joriy etiladi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi 1 oy muddatda majoritar-proporsional shaklga asoslangan saylov tizimiga o‘tishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqadi.

Ma’lumot uchun, xalqaro tajribada saylov tizimining majoritar, proporsional va aralash turlari mavjud. Shu kungacha O‘zbekistonda saylov jarayonlari majoritar saylov tizimida o‘tkazilgan.
Aralash saylov tizimi deputatlik mandatlarining bir qismi hukumatning barqaror shakllanishiga hissa qo‘shadigan majoritar tizim tamoyillari bo‘yicha, ikkinchi qismi esa proporsional tizim tamoyillariga muvofiq taqsimlanadi. Ovozlarni to‘liqroq hisobga olish va mamlakatdagi siyosiy vaziyatning haqiqiy manzarasini aniqroq aks ettiradi.
Majoritar saylov tizimida ko‘p ovoz olgan nomzod muayan okrug bo‘yicha saylangan hisoblanadi. Bunda ovozlarning umumiy sonidan mutlaq ko‘p ovoz olgan nomzod saylangan hisoblanadi. Nomzod o‘z raqiblari orasidan har biriga nisbatan ko‘p ovoz olsa g‘olib deb topiladi.
Proporsional saylov tizimida saylovchilar aniq bir shaxsga emas, balki partiyaga ovoz berishadi. Har bir partiya o‘z vakillarining ro‘yxatini ilgari suradi. Bunda saylovchilar tegishli partiyalar tomonidan ko‘rsatilgan vakillarning ro‘yxati uchun ovoz beradi. Saylovchi amalda nomzod uchun emas, balki siyosiy partiya uchun ovoz beradi.
Yangiliklar lentasi
0