https://oz.sputniknews.uz/20230508/dilshodbek-baratov-qatardagi-jahon-chempionati-kumush-medal-34737058.html
Dilshodbek Baratov Qatardagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Dilshodbek Baratov Qatardagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Sputnik O‘zbekiston
Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
2023-05-08T10:40+0500
2023-05-08T10:40+0500
2023-05-08T10:40+0500
sport
dzudo
qatar
jahon chempionati
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34737175_0:0:1280:721_1920x0_80_0_0_4fa9e3298e47ff0c07a678dc155f0c73.jpg
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Qatarda o‘tayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga kumush medalni yozib qo‘ydi. O‘zbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.Ushbu natija evaziga sportchi dunyo va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 1400 ochko qo‘shib qo‘ydi.Bugun Qatar mezbonlik qilayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar -66 kg, ayollar -52 kg vazn toifasida bahs olib borishadi. Bellashuvlarda 4 nafar o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi. Ular chempionatni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/08/34737175_20:0:1271:938_1920x0_80_0_0_cfe27d3936743279a37149461bfc9e0d.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
dilshodbek baratov kumush medal
dilshodbek baratov kumush medal
Dilshodbek Baratov Qatardagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi
Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Qatarda o‘tayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga kumush medalni yozib qo‘ydi. O‘zbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi
xabar berdi. Qiziqarli kechgan final bellashuvida ispaniyalik Fransisko Garrigos oltin medalga ega chiqdi. Bu Baratov uchun jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.
Ushbu natija evaziga sportchi dunyo va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 1400 ochko qo‘shib qo‘ydi.
Bugun Qatar mezbonlik qilayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar -66 kg, ayollar -52 kg vazn toifasida bahs olib borishadi. Bellashuvlarda 4 nafar o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi. Ular chempionatni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-66 kg: Sardor Nurillayev - Abrek Naguchev (Xalqaro neytral sportchi);
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Vayl Ezzin (Jazoir);
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Estrella Sheriff (Ispaniya)/ Marie Matia (Kamerun);
-52 kg: Sita Qadamboyeva - Gabriyela Dimitrova (Bolgariya).