Dilshodbek Baratov Qatardagi jahon chempionatida kumush medalga sazovor bo‘ldi

© Natsionalniy Olimpiyskiy Komitet Dilshodbek Baratov - vitse-chempion mira
Dilshodbek Baratov - vitse-chempion mira - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.05.2023
Obuna bo‘lish
Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi.
TOShKENT, 8-may — Sputnik. Qatarda o‘tayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining birinchi kunida O‘zbekiston terma jamoasi o‘z hisobiga kumush medalni yozib qo‘ydi. O‘zbekistonlik sportchi Dilshodbek Baratov -60 kg vazn toifasida kumush medalni qo‘lga kiritdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.
Qiziqarli kechgan final bellashuvida ispaniyalik Fransisko Garrigos oltin medalga ega chiqdi. Bu Baratov uchun jahon chempionatlaridagi ilk medal hisoblanadi.
Ushbu natija evaziga sportchi dunyo va Parij-2024 Olimpiadasi reytingi uchun o‘z hisobiga 1400 ochko qo‘shib qo‘ydi.
Bugun Qatar mezbonlik qilayotgan dzudo bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kun bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. Unda erkaklar -66 kg, ayollar -52 kg vazn toifasida bahs olib borishadi. Bellashuvlarda 4 nafar o‘zbekistonlik sportchilar medallar uchun kurash olib borishadi. Ular chempionatni quyidagi raqiblariga qarshi boshlashadi:
-66 kg: Sardor Nurillayev - Abrek Naguchev (Xalqaro neytral sportchi);
-66 kg: Muhriddin Tilovov - Vayl Ezzin (Jazoir);
-52 kg: Diyora Keldiyorova - Estrella Sheriff (Ispaniya)/ Marie Matia (Kamerun);
-52 kg: Sita Qadamboyeva - Gabriyela Dimitrova (Bolgariya).
Yangiliklar lentasi
0