Mutaxassis tomorqada ishlash bo‘yicha tavsiyalar berdi

© AP Photo / Amr NabilFermer sobirayet klubniku na pole, Yegipet
Fermer sobirayet klubniku na pole, Yegipet - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 07.05.2023
Obuna bo‘lish
Tomorqada ishlash jiddiy jismoniy faoliyat bo‘lib, yengil gimnastika, bo‘yin qismi mushaklari, yuqori yelka va bel umurtqa pog‘onasi uchun mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
TOShKENT, 7-may — Sputnik. Tomorqada ishlashdan oldin yengil gimnastika bilan shug‘ullanish tavsiya etiladi, yerni oldinga ko‘p egilmasdan yengil o‘tirib, qazish yaxshiroqdir.
Shifokorlarning aytishicha, keksa yoshdagi insonlar tomorqada ishlash jarayonida 5 kilogrammdan ortiq og‘irliklarni ko‘tarmasliklari kerak. Chunki bu osteoporoz tufayli umurtqa pog‘onasining siqilish sinishi xavfini keltirib chiqarishi mumkin.
Tomorqada ishlash jiddiy jismoniy faoliyat bo‘lib, yengil gimnastika, bo‘yin qismi mushaklari, yuqori yelka va bel umurtqa pog‘onasi uchun mashqlarni bajarish maqsadga muvofiqdir.
Shunday qilib, tana yanada barqaror, chidamli bo‘ladi va jismoniy kuchga toqat qila oladi.
Bo‘g‘imlari og‘riydigan insonlar bog‘da ishlash vaqtida sog‘lig‘iga ayniqsa ehtiyot bo‘lishlari kerak - ularga og‘ir yuklarni ko‘tarish va cho‘kkalab turish tavsiya etilmaydi.
Og‘riyotgan bo‘g‘imlarga yukni minimallashtirish uchun tizzalar ostiga yumshoq narsalarni qo‘yish, shuningdek, vaqti-vaqti bilan turish va bo‘g‘imlarga dam berish tavsiya etiladi.
Yuk ko‘tarayotganda, to‘satdan harakatlanish tavsiya etilmaydi.
Yangiliklar lentasi
0