https://oz.sputniknews.uz/20230505/lavrov-xitoy-tiv-ukraina-inqiroz-hal-qilish-34646634.html
Lavrov Xitoy TIV rahbari bilan Ukrainadagi inqirozni hal qilishni muhokama qildi
Lavrov Xitoy TIV rahbari bilan Ukrainadagi inqirozni hal qilishni muhokama qildi
Sputnik O‘zbekiston
Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilishni muhokama qildi.
2023-05-05T11:54+0500
2023-05-05T11:54+0500
2023-05-08T15:28+0500
dunyoda
hindiston
xitoy
sergey lavrov
shanxay hamkorlik tashkiloti (shht)
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34648060_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_6fd30a9f1e8d39ce49c7a1ab4a3454f3.jpg
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashuvda Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, Moskva va Pekin munosabatlarining rivojlanish sur’atini muhokama qildi. Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) faoliyati yuzasidan fikr almashishdi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.Xitoy Ukrainadagi mojaroni hal qilishda Rossiya bilan hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.Sergey Lavrov ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishiga yetib keldi. Uni Hindiston TIV rahbari qarshi oldi.Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashuvi ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.Vazirlar ortib borayotgan geosiyosiy beqarorlik fonida Rossiya-Xitoy munosabatlarining rivojlanish sur’atini yuqori baholashdi.Bundan tashqari, Rossiya TIV vazirlar davlat rahbarlarining mart oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.Tomonlar, shuningdek, dunyoning aksariyat davlatlari va xalqaro munosabatlarning barcha sohalari rivojiga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi neokolonializmning zamonaviy amaliyotiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida umumiy fikr bildirdi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/05/05/34648060_148:0:2879:2048_1920x0_80_0_0_6c376828f48e5c456b4bff9cbcd190b6.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
hindiston rossiya xitoy sergey lavrov
hindiston rossiya xitoy sergey lavrov
Lavrov Xitoy TIV rahbari bilan Ukrainadagi inqirozni hal qilishni muhokama qildi
11:54 05.05.2023 (yangilandi: 15:28 08.05.2023) Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilishni muhokama qildi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashuvda Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal etish, Moskva va Pekin munosabatlarining rivojlanish sur’atini muhokama qildi. Tomonlar Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) faoliyati yuzasidan fikr almashishdi. Bu haqda Rossiya TIV ma’lum qildi, deya xabar berdi
RIA Novosti. Sergey Lavrov ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishiga yetib keldi. Uni Hindiston TIV rahbari qarshi oldi.
Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning Xitoy tashqi ishlar vaziri Sin Gan bilan uchrashuvi ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashining Hindistonda bo‘lib o‘tayotgan yig‘ilishi doirasida bo‘lib o‘tdi.
Vazirlar ortib borayotgan geosiyosiy beqarorlik fonida Rossiya-Xitoy munosabatlarining rivojlanish sur’atini yuqori baholashdi.
“Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari rahbarlari Shanxay hamkorlik tashkiloti faoliyatining bugungi holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdilar. Vazirlar a’zo davlatlarning Yevroosiyoda tinchlik va barqarorlikni saqlash bo‘yicha birgalikdagi sa’y-harakatlarini olqishladilar, Tashkilotning jahon ishlaridagi nufuzi ortib borayotgani va uning mintaqaviy xavfsizlik arxitekturasidagi muhim ahamiyatini ta’kidladilar”, - deyiladi xabarda.
Bundan tashqari, Rossiya TIV vazirlar davlat rahbarlarining mart oyida bo‘lib o‘tgan muzokaralari chog‘ida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalarini muhokama qilganini qo‘shimcha qildi.
“BMT, ShHT, BRIKS, RHX, G20 va boshqa muhim xalqaro tashkilotlar va muloqot mexanizmlarida o‘zaro muvofiqlashtirishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro majburiyatlar tasdiqlandi. Bir qator “qaynoq” mavzular, jumladan, Ukraina inqirozini tinch yo‘l bilan hal qilish harakatlari muhokama qilindi”, — deya qo‘shimcha qildi TIV.
Tomonlar, shuningdek, dunyoning aksariyat davlatlari va xalqaro munosabatlarning barcha sohalari rivojiga halokatli ta’sir ko‘rsatuvchi neokolonializmning zamonaviy amaliyotiga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi haqida umumiy fikr bildirdi.