Baxtiyor Saidov ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi

© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Obuna bo‘lish
Hindiston, Pokiston, Rossiya, O‘zbekiston, Tojikiston, Xitoy, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vazirlari ishtirokida Goa shtatida Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi o‘tkazildi.
TOShKENT, 5-may — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov ShHT Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishida ishtirok etdi.
© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qilishicha, Hindiston, Pokiston, Rossiya, Tojikiston, Xitoy, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vazirlari Goa shtatida Shanxay hamkorlik tashkiloti tashqi ishlar vazirlari kengashining sermahsul yig‘ilishini o‘tkazdi.
© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023

“Sammitga tayyorgarlik ko‘rish chog‘ida tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, izchil taraqqiyotni qo‘llab-quvvatlash, hamkorlikni kengaytirish va boshqa ko‘plab masalalarni qamrab olgan ShHTning keng ko‘lamli kun tartibini ko‘rib chiqdik”, - deb yozadi Saidov.

© Press-slujba MID UzbekistanaBaxtiyor Saidov
Baxtiyor Saidov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.05.2023
Hindistonning Goa shtatida 4-5 may kunlari Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) tashqi ishlar vazirining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda. Unda TIV rahbarlari 3-4 iyul kunlari Nyu-Dehlida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari Kengashining navbatdagi majlisini mazmunli to‘ldirish masalalariga alohida ahamiyat beradilar. Tegishli hujjatlar va qarorlar loyihalari ko‘rib chiqiladi. Bundan tashqari, vazirlar xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb mavzularni muhokama qiladilar.
Yangiliklar lentasi
0