Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi

© Sputnik / Vladimir AlekseyevReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.05.2023
Obuna bo‘lish
Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi.
TOShKENT, 1-may — Sputnik. O‘zbekistonning yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi loyihasini referendumda ovoz berganlarning 90,21 foizi qo‘llab-quvvatladi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev ma’lum qildi. Ovoz beruvchilarning 9,35 foizi qarshi ovoz bergan.
“Referendumning dastlabki xulosalariga ko‘ra, unda ovoz beruvchilarning ishtiroki 84,54 foizni tashkil etdi, 16 million 673 ming 189 kishi ovoz berdi”, — dedi Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizamxodjayev.
“Shu munosabat bilan ushbu dastlabki ma’lumotlarga tayanib “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi” to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonuni O‘zbekiston xalqi tomonidan referendumda qabul qilingan deyishga barcha asoslarimiz bor”, - dedi Zayniddin Nizamxodjayev.
30 aprel kuni O‘zbekiston Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish jarayonlari o‘tkazildi.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi soat 08:00 da ochildi. O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi o‘z faoliyatini olib bordi.
Referendumda 20 milliondan oshiq fuqaro ishtirok etish huquqiga ega edi.
Referendum jarayonlarida 964 nafar OAV vakili ishtirok etdi. Ularning 772 nafari mahalliy, 192 nafari chet ellik vakillar.
Referendum uchastkalari o‘z faoliyatini 20:00 ga qadar davom ettirdi.
Referendumga “Siz “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy Qonunini qabul qilasizmi?”, degan masala olib chiqildi. Ovoz beruvchi xohish-irodasining variantlari "ha" yoki "yo‘q" deb ko‘rsatildi.
Yangiliklar lentasi
0