Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekistonda referendumda ovoz berish yakunlandi

© Sputnik/Zafar XalilovReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan proxodit 30-aprelya.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan proxodit 30-aprelya.  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Obuna bo‘lish
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
TOShKENT, 30 apr — Sputnik. Bugun O‘zbekistonda Konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha referendumda ovoz berish yakunlandi. Ayrim xorij mamlakatlarda jarayon davom etmoqda.
Respublika bo‘yicha tashkil etilgan jami 10758 ta referendum uchastkasi o‘z ishini soat 20:00 da yakunladi.
O‘zbekistonning chet davlatlardagi diplomatik va boshqa vakolatxonalari huzurida 55 ta referendum uchastkasi tuzilgan. Shundan Vladivostok, Tokio, Seul, Kvandju, Pekin, Shanxay, Guandjou, Kuala-Lumpur va Singapur shaharlaridagi referendum uchastkalarida ovoz berish jarayonlari yakunlandi.
Ushbu referendum uchastkalarida ovoz berish natijalarini aniqlash, bulletenlarni sanash jarayonlari boshlangan. Oxirgi uchastka 1-may, Toshkent vaqti bilan 05:00 da AQShda yopiladi.

Referendumda ovoz berish bilan bog‘liq umumiy ma’lumotlar 1-may kuni e’lon qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, referendumda ovoz beruvchilar ro‘yxatiga 19 mln 722 ming 809 nafar fuqaro kiritilgan. O‘zbekiston Respublikasi referendumini o‘tkazuvchi uchastka va okrug komissiyalaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, soat 17:00 holatiga ovoz beruvchi fuqarolarning 15 mln 802 ming 095 nafari yoki 81,39 foizi ovoz berdi.
© Sputnik / Vladimir AlekseyevReferendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura.
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Informatsionnaya broshura.
Bugun MSKning matbuot markazida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi bo‘yicha referendum tadbirlarini tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha brifinglar o‘tkazildi.
© SputnikVistuplenie Zamministra MVD Bekmurod Abdullayev
Vistuplenie Zamministra MVD Bekmurod Abdullayev   - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 30.04.2023
Vistuplenie Zamministra MVD Bekmurod Abdullayev
Unda MSK, Adliya vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, O‘zNNTMA Kengashi, Bosh prokuratura, Oliy sud, partiyalar va boshqa davlat idoralari hamda tashkilotlari vakillarining referendum jarayonlari haqidagi hisobotlari tinglandi.
Markaziy saylov komissiyasi tomonidan soat 11:00, 13:00, 15:00 va 17:00 holatiga ko‘ra, referendumda ovoz berganlar soni e’lon qilib borildi.
Yangiliklar lentasi
0