https://oz.sputniknews.uz/20230428/shoygu-afgoniston-terrorchi-guruhlar-34392116.html
Shoygu Afg‘onistonga qo‘shni respublikalarda terrorchi guruhlar faollashganini ta’kidladi
Shoygu Afg‘onistonga qo‘shni respublikalarda terrorchi guruhlar faollashganini ta’kidladi
Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan radikal ekstremistik guruhlar qo‘shni respublikalarda xatti-harakatlarini faollashtirishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
2023-04-28T17:24+0500
2023-04-28T17:24+0500
2023-04-28T17:26+0500
rossiya
dunyoda
afg‘oniston
terrorchilar
markaziy osiyo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34380384_0:0:3105:1748_1920x0_80_0_0_0e4dee8b346e8360c56e7155d1e1a959.jpg.webp
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan radikal ekstremistik guruhlar qo‘shni respublikalarda xatti-harakatlarini faollashtirishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID*, “Al-Qoida”*, “O‘zbekiston islom harakati”* va “Sharqiy Turkiston islom harakati”* kabi turli xalqaro terrorchi tashkilotlari guruhlarining kirish ehtimoli ortmoqda.“Bu bizdan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha aniq muvofiqlik va sa’y-harakatlarni kuchaytirish, mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun chora tadbir ishlab chiqishni talab etadi”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.Shoygu Afg‘onistonga kompleks xalqaro va mintaqaviy yordam ko‘magisiz bu chaqiriqlarga qarshi bir o‘zi kurashishi mushkil bo‘lishini qayd etdi.* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilotlar
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/1c/34380384_374:0:3105:2048_1920x0_80_0_0_7abf1925250bc3d2b2870ff27a0235fa.jpg.webpSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
sergey shoygu afg‘oniston qo‘shnilar terrorchi guruhlar tahdid
sergey shoygu afg‘oniston qo‘shnilar terrorchi guruhlar tahdid
Shoygu Afg‘onistonga qo‘shni respublikalarda terrorchi guruhlar faollashganini ta’kidladi
17:24 28.04.2023 (yangilandi: 17:26 28.04.2023) Rossiya mudofaa vaziri so‘zlariga ko‘ra, IShID*, “Al-Qoida”*, “O‘zbekiston islom harakati”* va “Sharqiy Turkiston islom harakati”* kabi turli xalqaro terrorchi tashkilotlari guruhlarining kirish ehtimoli ortmoqda.
TOShKENT, 28 apr — Sputnik. Afg‘oniston hududida o‘rnashib olgan radikal ekstremistik guruhlar qo‘shni respublikalarda xatti-harakatlarini faollashtirishdi. Bu haqda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Shoygu ma’lum qildi.
“Markaziy Osiyo mintaqasidagi vaziyat yanada keskinlashishiga dastlabki shart-sharoitlar bor. Boz ustiga asosiy tahdid qo‘shni respublikalarda o‘z g‘oyalarini ilgari surish bo‘yicha xatti-harakatlarni faollashtirgan Afg‘oniston hududida mustahkamlanib olgan ko‘plab radikal ekstremistik guruhlardan kelmoqda”, - dedi Shoygu Nyu-Dehlidagi ShHTga a’zo davlatlar mudofaa vazirlari yig‘ilishida. Uning so‘zlaridan RIA Novosti iqtibos keltirgan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, IShID*, “Al-Qoida”*, “O‘zbekiston islom harakati”* va “Sharqiy Turkiston islom harakati”* kabi turli xalqaro terrorchi tashkilotlari guruhlarining kirish ehtimoli ortmoqda.
“Bu bizdan terrorizm, separatizm va ekstremizmga qarshi kurashish bo‘yicha aniq muvofiqlik va sa’y-harakatlarni kuchaytirish, mintaqadagi vaziyatni barqarorlashtirish uchun chora tadbir ishlab chiqishni talab etadi”, - dedi Rossiya mudofaa vaziri.
Shoygu Afg‘onistonga kompleks xalqaro va mintaqaviy yordam ko‘magisiz bu chaqiriqlarga qarshi bir o‘zi kurashishi mushkil bo‘lishini qayd etdi.
* Rossiya, O‘zbekiston va qator davlatlarda taqiqlangan terrorchi tashkilotlar