MOQ rahbariyati jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi

© Natsionalniy Olimpiyskiy KomitetPodgotovka boksorov k ChM Tashkent-2023 pod nablyudeniyem rukovodstva NOK
Podgotovka boksorov k ChM Tashkent-2023 pod nablyudeniyem rukovodstva NOK - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.04.2023
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada.
TOShKENT, 23 apr — Sputnik. Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati boks bo‘yicha jahon chempionati ishtirokchilarining tayyorgarligini ko‘zdan kechirdi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Toshkent mezbonlik qiladigan boks bo‘yicha jahon chempionatiga tayyorgarlik qizg‘in pallada. Musobaqadan avval poytaxtga tashrif buyurgan bir qator terma jamoalar Respublika Olimpiya va Paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida so‘nggi mashg‘ulotlarni o‘tkazishmoqda.
MOQ bosh kotibi Oybek Kasimov, Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Ravshan Irmatov, MOQ raisi o‘rinbosari, mamlakat boks federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Saken Polatov terma jamoalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirishdi.
MOQ rahbariyati tashrif davomida Hindiston, Suriya kabi terma jamoa a’zolari bilan ham uchrashdi. Suhbat davomida mehmonlarning sharoitlari bilan tanishishdi. Shundan so‘ng terma jamoalar o‘rtasidagi sparring janglarini ham tomosha qilib, o‘zbekistonlik sportchilarning tayyorgarligini yaqindan ko‘zdan kechirishdi.
Suriya termasi ushbu jahon chempionatiga Osiyo Olimpiya kengashi bilan hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan loyiha asosida tayyorgarlik ko‘rmoqda. Ushbu jamoa a’zolari bilan suhbatda O‘zbekiston tomoni suriyalik bokschilarning kelgusi musobaqalarga hozirlik ko‘rishida ham yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.
Ma’lumot uchun, 30-aprel – 14-may kunlari bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida 100 dan ortiq davlatdan 600 nafardan ziyod bokschi ishtirok etadi.
Yangiliklar lentasi
0