https://oz.sputniknews.uz/20230419/migrantlar-registratsiya-onlayn-34091591.html
Migrantlar registratsiyani onlayn olishi mumkin bo‘ladi — yangi qonun
Migrantlar registratsiyani onlayn olishi mumkin bo‘ladi — yangi qonun
Sputnik O‘zbekiston
Rossiyada mehnat migrantlari uchun yana bir qulaylik — registratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkoni yaratilmoqda, batafsil maqolamizda.
2023-04-19T20:35+0500
2023-04-19T20:35+0500
2023-04-20T12:49+0500
migratsiya
registratsiya
yangi qonun
onlayn anketa
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34092128_0:0:3072:1728_1920x0_80_0_0_f1b50084324b1165332d78539936eadf.jpg
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Yaqin kelajakda Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari registratsiyani onlayn olishi mumkin bo‘ladi. Rossiya Davlat Dumasi buni nazarda tutuvchi qonun loyihasini bugun uchinchi o‘qishda qabul qildi. Migratsiya haqidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq registratsiyani onlayn rasmiylashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:Migratsiya haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolanganidan so‘ng 180 kun o‘tib kuchga kiradi.Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining migratsiya to‘g‘risidagi qonunchiligi so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich yengillashtirib kelinmoqda. Xususan, 2022-yilda mehnat migrantlariga Rossiya hududini tark etmasdan turib "kelishdan maqsadi"ni o‘zgartirishga imkon berildi. 2023-yil boshidan boshlab esa mehnat migrantlari va uning oila a’zolariga Majburiy tibbiyot sug‘urtasi (OMS) olish imkoni paydo bo‘ldi. Shuningdek, Rossiya IIV 2023-yilning mart oyida mehnat migrantlariga ishlashga ruxsat beruvchi hujjat - patentning amal qilish muddatini 1-yildan 3-yilgacha uzaytirish haqida qonun ishlab chiqayotganini ham ma’lum qilgan edi.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/13/34092128_330:0:3061:2048_1920x0_80_0_0_76891b043656545828046aa9294cf9c5.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya mehnat migrantlari registratsiya onlayn gosuslugi yangi qonun
rossiya mehnat migrantlari registratsiya onlayn gosuslugi yangi qonun
Migrantlar registratsiyani onlayn olishi mumkin bo‘ladi — yangi qonun
20:35 19.04.2023 (yangilandi: 12:49 20.04.2023) Rossiyada mehnat migrantlari uchun yana bir qulaylik — registratsiyani onlayn rasmiylashtirish imkoni yaratilmoqda, batafsil maqolamizda.
TOShKENT, 19 apr – Sputnik. Yaqin kelajakda Rossiyada vaqtincha yashayotgan xorijiy davlat fuqarolari registratsiyani onlayn olishi mumkin bo‘ladi. Rossiya Davlat Dumasi buni nazarda tutuvchi qonun
loyihasini bugun uchinchi o‘qishda qabul qildi.
Migratsiya haqidagi qonunga kiritilayotgan o‘zgarishlarga muvofiq registratsiyani onlayn rasmiylashtirish quyidagi bosqichlardan iborat bo‘ladi:
1.
Xorijiy fuqaro “Gosuslugi” portalida shaxsiy kabinet ochadi
2.
Portal orqali registratsiya blankini to‘ldiradi
3.
Uy egasi bo‘lgan Rossiya fuqarosi uni tasdiqlaydi (onlayn)
4.
Hujjat IIV Migratsiya bo‘limiga yuboriladi (onlayn)
Yangi qonun qabul qilinganidan so‘ng migrantlardan registratsiya blankining originali talab etilmaydi. Uning nusxasini olib yurish kifoya bo‘ladi.
Migratsiya haqidagi qonunga o‘zgarishlar kiritish haqidagi qonun Rossiya prezidenti Vladimir Putin imzolanganidan so‘ng 180 kun o‘tib kuchga kiradi.
Ma’lumot uchun, Rossiya Federatsiyasining migratsiya to‘g‘risidagi qonunchiligi so‘nggi yillarda bosqichma-bosqich yengillashtirib kelinmoqda. Xususan, 2022-yilda mehnat migrantlariga Rossiya hududini tark etmasdan turib "kelishdan maqsadi"ni o‘zgartirishga imkon berildi. 2023-yil boshidan boshlab esa mehnat migrantlari va uning oila a’zolariga Majburiy tibbiyot sug‘urtasi (OMS) olish imkoni paydo bo‘ldi.
Shuningdek, Rossiya IIV 2023-yilning mart oyida mehnat migrantlariga ishlashga ruxsat beruvchi hujjat - patentning amal qilish muddatini 1-yildan 3-yilgacha uzaytirish haqida qonun ishlab chiqayotganini ham ma’lum qilgan edi.