https://oz.sputniknews.uz/20230417/putin-33983958.html
Putin Xitoy bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yuqori baholadi
Putin Xitoy bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yuqori baholadi
Sputnik O‘zbekiston
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfuni qabul qildi.
2023-04-17T12:56+0500
2023-04-17T12:56+0500
2023-04-17T13:07+0500
xitoy
rossiya
vladimir putin
harbiy hamkorlik
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33985248_0:91:3004:1781_1920x0_80_0_0_0586678af242df543d4392118f662461.jpg
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Moskva va Pekin harbiy idoralar sohasida faol hamkorlik qilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi a’zosi, Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu bilan uchrashuvda.U bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mutlaq ishonchli strategik xususiyatini mustahkamlovchi yana bir muhim yo‘nalish ekanligiga ishonch bildirdi. Putin Xitoy mudofaa vazirini Rossiyada ko‘rganidan xursand ekanligini aytib, uning tashrifi yuqori saviyada o‘tishiga ishonch bildirdi.Suhbat chog‘ida Vladimir Putin yaqinda Xitoy rahbari Si Szinpin ham Rossiyaga kelganini esladi. U bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar juda samarali bo‘lganini, jumladan, harbiy idoralar yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinganini ta’kidladi. Putin Li Shanfudan Si Szinpinga eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.O‘z navbatida, Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari o‘z lavozimidagi ilk tashrifi uchun Rossiyani atayin tanlaganini ta’kidladi.Vazir bu o‘zaro hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmaganini aytdi. Shuningdek, u Putin va Si Szinpinni “do‘stlik bog‘lab turishi va buni Xitoyda hamma bilishini” qo‘shimcha qildi.Li Shanfuning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, harbiy-texnikaviy sohada ham yaxshi rivojlanmoqda va global xavfsizlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. U Xitoy butun dunyo taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida Rossiya bilan barcha darajadagi hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk safari bo‘ldi.
xitoy
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2023
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e7/04/11/33985248_273:0:3004:2048_1920x0_80_0_0_8074f1354e2a5f52f3b6883db3e58467.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
xitoy rossiya mudofaa hamkorlik
xitoy rossiya mudofaa hamkorlik
Putin Xitoy bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yuqori baholadi
12:56 17.04.2023 (yangilandi: 13:07 17.04.2023) Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfuni qabul qildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Moskva va Pekin harbiy idoralar sohasida faol hamkorlik qilmoqda,
dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi a’zosi, Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu bilan uchrashuvda.
“Biz harbiy idoralar sohasida faol ishlayapmiz, muntazam ravishda o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlar bilan almashamiz, harbiy-texnik muloqot sohasida hamkorlik qilamiz, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.
U bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mutlaq ishonchli strategik xususiyatini mustahkamlovchi yana bir muhim yo‘nalish ekanligiga ishonch bildirdi. Putin Xitoy mudofaa vazirini Rossiyada ko‘rganidan xursand ekanligini aytib, uning tashrifi yuqori saviyada o‘tishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chog‘ida Vladimir Putin yaqinda Xitoy rahbari Si Szinpin ham Rossiyaga kelganini esladi. U bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar juda samarali bo‘lganini, jumladan, harbiy idoralar yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinganini ta’kidladi. Putin Li Shanfudan Si Szinpinga eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.
O‘z navbatida, Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari o‘z lavozimidagi ilk tashrifi uchun Rossiyani atayin tanlaganini ta’kidladi.
“Xitoy Xalq Respublikasi mudofaa vaziri lavozimini egallaganimdan so‘ng, bu mening birinchi xorijiy tashrifim. Ikki tomonlama munosabatlarimizning o‘ziga xos xususiyati va strategik ahamiyatini ta’kidlash uchun Rossiyani atayin tanladim”, - dedi Li Shanfu.
Vazir bu o‘zaro hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmaganini aytdi. Shuningdek, u Putin va Si Szinpinni “do‘stlik bog‘lab turishi va buni Xitoyda hamma bilishini” qo‘shimcha qildi.
Li Shanfuning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, harbiy-texnikaviy sohada ham yaxshi rivojlanmoqda va global xavfsizlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. U Xitoy butun dunyo taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida Rossiya bilan barcha darajadagi hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.
Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk
safari bo‘ldi.