Putin Xitoy bilan mudofaa sohasidagi hamkorlikni yuqori baholadi

© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishRabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s ministrom oboroni KNR Li Shanfu.
Rabochaya vstrecha prezidenta RF V. Putina s ministrom oboroni KNR Li Shanfu. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.04.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfuni qabul qildi.
TOShKENT, 17 apr — Sputnik. Moskva va Pekin harbiy idoralar sohasida faol hamkorlik qilmoqda, dedi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Davlat kengashi a’zosi, Xitoy mudofaa vaziri Li Shanfu bilan uchrashuvda.

“Biz harbiy idoralar sohasida faol ishlayapmiz, muntazam ravishda o‘zimiz uchun foydali bo‘lgan ma’lumotlar bilan almashamiz, harbiy-texnik muloqot sohasida hamkorlik qilamiz, qo‘shma mashg‘ulotlar o‘tkazamiz”, - dedi Rossiya prezidenti.

U bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning mutlaq ishonchli strategik xususiyatini mustahkamlovchi yana bir muhim yo‘nalish ekanligiga ishonch bildirdi. Putin Xitoy mudofaa vazirini Rossiyada ko‘rganidan xursand ekanligini aytib, uning tashrifi yuqori saviyada o‘tishiga ishonch bildirdi.
Suhbat chog‘ida Vladimir Putin yaqinda Xitoy rahbari Si Szinpin ham Rossiyaga kelganini esladi. U bilan bo‘lib o‘tgan muzokaralar juda samarali bo‘lganini, jumladan, harbiy idoralar yo‘nalishidagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilinganini ta’kidladi. Putin Li Shanfudan Si Szinpinga eng ezgu tilaklarini yetkazishni so‘radi.
O‘z navbatida, Xitoy Mudofaa vazirligi rahbari o‘z lavozimidagi ilk tashrifi uchun Rossiyani atayin tanlaganini ta’kidladi.
“Xitoy Xalq Respublikasi mudofaa vaziri lavozimini egallaganimdan so‘ng, bu mening birinchi xorijiy tashrifim. Ikki tomonlama munosabatlarimizning o‘ziga xos xususiyati va strategik ahamiyatini ta’kidlash uchun Rossiyani atayin tanladim”, - dedi Li Shanfu.
Vazir bu o‘zaro hamkorlik uchinchi davlatlarga qarshi qaratilmaganini aytdi. Shuningdek, u Putin va Si Szinpinni “do‘stlik bog‘lab turishi va buni Xitoyda hamma bilishini” qo‘shimcha qildi.
Li Shanfuning ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi hamkorlik, jumladan, harbiy-texnikaviy sohada ham yaxshi rivojlanmoqda va global xavfsizlikni rivojlantirishga xizmat qilmoqda. U Xitoy butun dunyo taraqqiyoti va farovonligi yo‘lida Rossiya bilan barcha darajadagi hamkorlikni davom ettirishini ta’kidladi.
Xitoy rahbari Si Szinpin 20-22 mart kunlari davlat tashrifi bilan Rossiyada bo‘ldi, bu uning uchinchi muddatga davlat rahbari lavozimiga qayta saylanganidan so‘ng xorijga ilk safari bo‘ldi.
Yangiliklar lentasi
0