Qanday holatlarda bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga keladi — mutaxassis javobi

© Pixabay / Madalin CalitaRebenok s plyushevim medvedem
Rebenok s plyushevim medvedem - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Bola tug‘ma yurak nuqsoni bilan dunyoga kelishining asosiy 6 ta sababi bor, deydi tibbiyot fanlari doktori, professor Hakimjon Abrolov.
Shifokor tug‘ma yurak nuqsoni kasalligining kelib chiqishi, unga qanday omillar sabab bo‘lishi haqidagi savollarga javob berdi. Qayd etilishicha, yurakning tug‘ma nuqsonlari yangi tug‘ilgan chaqaloqlar va hayotining birinchi yilidagi bolalar o‘limi bo‘yicha yuqori o‘rinda turadi.
Xastalik rivojlanishining asosiy 6 ta sababi bor.
Ular quyidagilardan iborat:
Stress;
Onaning surunkali yoki o‘tkir infeksiyali kasalliklari;
Vvirusli xastaliklar;
Normonal va neyrogumoral faktorlar;
Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh.
Shuningdek, homilador ayollardagi anemiya, tamaki chekish, spirtli ichimliklar ichish, ba’zi dorilardan foydalanish ham homilaning sog‘lom rivojlanishiga salbiy ta’sir etishi, natijada, bola tug‘ma nuqsonlar bilan dunyoga kelishi mumkin.
Kasallikka chalingan bolalarda bir necha simptomlar kuzatiladi:
Lablar, quloqlar va tirnoq ostidagi terining ko‘karishi;
Terlash;
Yurakda shovqin;
Tez nafas olish;
Charchoq;
Ishtahaning pastligi;
Tana vazni ortishining sustligi;
Nafas olish paytida qovurg‘alarning siqilishi;
Yurakning tez urishi.

"Uning oldini olish uchun homiladorlikni rejalashtirishdan avval bo‘lajak ota-ona tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan o‘tishi va aniqlangan xastaliklardan to‘liq davolanishi lozim. Buning eng samarali yo‘li homilador ayollarni skrining ko‘rigiga o‘z vaqtida jalb etishdir", deydi shifokor.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lum qilishicha, shu kunlarda tug‘ma yurak nuqsonidan aziyat chekayotgan 2 ming nafar bola davlat tomonidan ajratilgan 64 milliard so‘mdan ziyod mablag‘ evaziga yuqori texnologik operatsiyalar orqali og‘ir darddan xalos bo‘lmoqda. Ularning barchasi ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarning 18 yoshgacha bo‘lgan farzandlari.
Yangiliklar lentasi
0