Referendum po vneseniyu izmeneniy i dopolneniy v Konstitutsiyu Respubliki Uzbekistan v posolstve Uzbekistana v Moskve 30-aprelya 2023 goda. Urna dlya golosovaniya. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.04.2023
Referendum — 2023
O‘zbekistonda Konstitutsiya islohoti: O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgarishlar bo‘yicha umumxalq referendumi 2023-yil 30-aprel kuni bo‘lib o‘tadi. Unda fuqarolar 65% ga yangilangan Konstitutsiyani qabul qilish yoki qilmaslik uchun ovoz beradi.

O‘zbekiston referendumiga 10 kun qolganida Ozarbayjonda faol bosqich boshlanadi — elchixona

© Posolstvo Respubliki Uzbekistan v Azerbaydjanskoy RespublikePosolstvo Respubliki Uzbekistan v Azerbaydjanskoy Respublike
Posolstvo Respubliki Uzbekistan v Azerbaydjanskoy Respublike - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.04.2023
Obuna bo‘lish
Bahrom Gaipov:Referendum sanasiga 10 kun qolganida saylov bulletenlari Bokuga yetkaziladi.
TOShKENT, 15 apr — Sputnik. Ozarbayjonda ayni paytda O‘zbekiston referendumiga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda, xususan, ovoz beruvchilar ro‘yxati to‘ldirilmoqda. Bu haqda O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi maslahatchisi Bahrom Gaipov Sputnik Ozarbayjon muxbiriga bergan intervyusida ma’lum qildi.
Markaziy saylov komissiyasining qaroriga muvofiq, Bokudagi elchixona huzurida Ozarbayjonda yashovchi fuqarolar siyosiy tadbirda ishtirok etishlari uchun referendum uchastkasi ochiladi.
Bahrom Gaipovning so‘zlariga ko‘ra, konsullik okrugi Ozarbayjonning butun hududini qamrab olgani tufayli qo‘shimcha uchastkalarni ochishga hojat yo‘q.
“Prezidentlik va parlament saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha avvalgi tajriba Ozarbayjonda bitta uchastka yetarli ekanligini ko‘rsatadi”, — dedi diplomat.
Ayni paytda siyosiy tadbirga tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda, xususan, ovoz beruvchilar ro‘yxati to‘ldirilmoqda.
"Bu jarayon davom etmoqda, shuning uchun bo‘lajak referendum ishtirokchilarining aniq sonini hozircha ayta olmaymiz. Lekin bu jarayon yaqin vaqt ichida yakunlanishi kerak", - dedi elchixona vakili.
Biroq ro‘yxatni tuzish jarayoni tugallangani ro‘yxatga kiritilmagan O‘zbekiston fuqarolari ovoz berishda qatnasha olmaydi, degani emas. Ya’ni, 30-aprel kuni Ozarbayjonda vaqtincha bo‘ladigan O‘zbekiston fuqarolari elchixonaga kelib, ovoz berishda qatnashishi mumkin.
“Fuqarolar Boku shahrida bo‘lishi munosabati bilan qo‘shimcha ro‘yxat tuziladi va ular ro‘yxatga ovoz beruvchi sifatida kiritiladi. Referendum sanasiga 10 kun qolganida esa saylov bulletenlari Bokuga yetkaziladi va referendumga tayyorgarlikning faol bosqichi boshlanadi”, — dedi Gaipov.
Diplomatning so‘zlariga ko‘ra, Ozarbayjonda yashovchi O‘zbekiston fuqarolarining huquqiy bilimini oshirish va ularni umumiy xabardor qilish doirasida mart-aprel oylarida elchixona diplomatlari Boku, Ganja, Xachmaz, Guba shaharlarida bir qator uchrashuvlar o‘tkazilgan, ularda tayyorgarlik jarayoni davom etmoqda.
“Fursatdan foydalanib, saylov komissiyasi a’zosi sifatida Ozarbayjonda istiqomat qilayotgan barcha fuqarolarimizni 30-aprel kuni, xususan, O‘zbekistonning Bokudagi elchixonasida bo‘lib o‘tadigan umumxalq referendumida ishtirok etishga taklif etaman", - deya qo‘shimcha qildi diplomat.
Ozarbayjon hududida ovoz berishda ishtirok etishni istagan barcha O‘zbekiston fuqarolari elchixonaga kelib, ovoz berish jarayoni, Asosiy qonunga kiritilgan barcha o‘zgartirishlar haqida ham qo‘shimcha ma’lumot olishlari mumkin.
Ma’lumot uchun, Boku shahrida referendum bo‘yicha 27-sonli uchustka tuzilgan bo‘lib, u O‘zbekistonning Ozarbayjondagi elchixonasi Boku shahri, Badamdar ko‘chasi, 1-uy, 9-tor ko‘chasi, 437-binoda joylashgan.
Yangiliklar lentasi
0