Hindistondagi olmos haftaligida O‘zbekiston stendi taqdim etildi

© AP Photo / Richard DrewBrilliant. Illyustrativnoe foto
Brilliant. Illyustrativnoe foto  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.04.2023
Obuna bo‘lish
Stend “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi jamoasi va “Carato” brendi tomonidan tashkil etildi.
TOShKENT, 9 apr — Sputnik. Hindistonning Mumbay shahrida o‘tkazilgan “Bharat” olmos haftaligi doirasida O‘zbekiston vakillari alohida stend bilan ishtirok etdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.
Stend “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi jamoasi va “Carato” brendi tomonidan tashkil etildi.
Mumbaydagi “Bharat Diamond Bourse” majmuasida 6-8 aprel kunlari uch yillik tanaffusdan so‘ng dunyo olmos sanoati vakillari, zargarlik buyumlari ishlab chiqaruvchi korxonalar hamda zargarlik sanoati uyushmalari delegatsiyalari jam bo‘ldi.
Tadbir doirasida “O‘zbekzargarsanoati” uyushmasi vakillari tomonidan zargarlik buyumlari, qimmatbaho toshlar va jihozlarning “Uzbek Jewellery Fair-2023” xalqaro ko‘rgazmasining taqdimoti o‘tkazildi.
Ta’kidlanishicha, Toshkentda 26-28 may kunlari ilk bor o‘tkaziladigan xalqaro zargarlik ko‘rgazmasi xorijlik mutaxassis va tadbirkorlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Yangiliklar lentasi
0