Xitoy Kuril orollari masalasida o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi — OAV

© Sputnik / Sergey Krasnouxov / Mediabankka o‘tishOstrov Shikotan na Kurilax
Ostrov Shikotan na Kurilax - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy 60-yil ichida birinchi marta o‘z pozitsiyasini neytralga o‘zgartirishga qaror qildi, bu uning Moskva bilan yaqinlashayotganidan dalolat beradi - OAV.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Xitoy Janubiy Kuril orollari Kunashir, Shikotan, Iturup va Xabomaiga egalik qilish masalasi bo‘yicha o‘z pozitsiyasini o‘zgartirdi. Bu haqda Yaponiyaning "Kyodo" agentligi Xitoy diplomatik manbalariga tayanib ma’lum qildi, deya xabar berdi RIA Novosti.
Xabarga ko‘ra, Xitoy rahbari Si Szinpin Rossiyaga tashrifi chog‘ida Pekin bu bahsda “kimningdir bir tomonlama tarafini olmasligini” aytgan. Shunday qilib, agentlik xulosasiga ko‘ra, Xitoy o‘z pozitsiyasini neytralga o‘zgartirishga qaror qildi, bu uning Moskva bilan yaqinlashayotganidan dalolat beradi.
Agentlik eslatishicha, 1964-yil iyul oyida Mao Szedun Janubiy Kuril orollarini Yaponiya hududi deb atagan va SSSR ularni Yaponiyaga qaytarishi kerak degan fikrni bildirgan.
So‘nggi paytlarda Xitoy o‘z pozitsiyasini alohida ko‘rsatmagan, biroq avvalgisini saqlab qolgan – Xitoy xaritalarida Yaponiya va Rossiya o‘rtasidagi chegara Urup va Iturup o‘rtasidan o‘tgan va to‘rtta orol “Rossiya tomonidan bosib olingan” deb belgilangan.
Rossiya va Yaponiya orasida Ikkinchi Jahon urushidan so‘ng haligacha tinchlik shartnomasi imzolanmagan shu sababli ham ushbu mamlakatlar o‘rtasida munosabatlar ko‘p yillar davomida to‘xtab qolgan. Bunga asosiy to‘siq — Janubiy Kuril orollari masalasi bo‘lib qolmoqda, buni Tokio 1855-yildagi Savdo va chegaralar to‘g‘risidagi ikki tomonlama shartnomaga tayanib da’vo qilmoqda.
Moskvaning pozitsiyasi shundan iboratki, orollar urushdan keyin SSSR tarkibiga kirdi va Rossiyaning ular ustidan suvereniteti shubhasiz. 1956-yilda SSSR va Yaponiya Qo‘shma deklaratsiyani imzoladilar, unda Moskva tinchlik shartnomasi tuzilgandan keyin Xabomai va Shikotanni Yaponiyaga topshirish imkoniyatini ko‘rib chiqishga kelishib oldi, ammo Kunashir va Iturup haqida hech qanday gap bo‘lmadi.
Biroq, keyingi muzokaralar hech narsaga olib kelmadi. Rossiya hukumati Yaponiya birinchi navbatda Ikkinchi jahon urushi natijalarini, shu jumladan, Rossiyaning Janubiy Kuril orollaridagi suverenitetini tan olishi kerakligini bir necha bor ta’kidlagan.
Yangiliklar lentasi
0