Toshkent metrosining yer usti bekatlarini nomlash ovozga qo‘yildi

© Sputnik/Ramiz BaxtiyarovPassajiri Tashkentskogo metro v ojidanii poyezda.
Passajiri Tashkentskogo metro v ojidanii poyezda. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 04.04.2023
Obuna bo‘lish
Ovoz berish geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.
TOShKENT, 4 apr — Sputnik. Toshkent shahar hokimligi poytaxt ahlini metroning oxirgi yillarda ochilgan 19 ta yangi bekatiga nom qo‘yish uchun ovoz berishga taklif qildi.
2022 yil 5-11 dekabr kunlari geonom.tashkent.uz saytida Toshkent shahar metropoliteni yer usti liniyasining "Do‘stlik-Qo‘yliq" va "Olmazor-Sergeli" yo‘nalishlaridagi 19 ta bekatiga nom berish bo‘yicha takliflar yig‘ilgan.
Transport vazirligi huzuridagi taniqli olimlar, tarixchilar, filologlar, toponimistlar va boshqa soha mutaxassis-ekspertlari, shuningdek, OAV vakillari, blogerlardan iborat ishchi guruh kelib tushgan takliflardan har bir bekat uchun eng mos nomni tanlab olgan.

Endi toshkentliklarga bu uchta variantdan birini tanlash taklif qilinmoqda. Ovoz berish geonom.tashkent.uz platformasida 4-aprel kunidan 18-aprelga qadar davom etadi.

Metro bekatlari nomlari bo‘yicha o‘tkazilgan ovoz berish natijalari Transport vazirligiga tegishli takliflarni tayyorlash va keyinchalik ularni Vazirlar Mahkamasiga qaror qabul qilish uchun kiritishga taqdim etiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yil dekabrida Toshkentda geografik obyektlar va yer usti metrosi bekatlariga nom berish bo‘yicha jamoatchilik fikrini yig‘ish va ovozga qo‘yish uchun veb-sahifa ishga tushirilgan edi.
Yangiliklar lentasi
0