Endi fuqarolar davlat mulkini onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berishi mumkin bo‘ladi
© Unsplash / HelloquenceRabota za kompyuterom
Obuna bo‘lish
Endi jismoniy shaxslarga davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.
TOShKENT, 29 mar — Sputnik. Endi jismoniy shaxslarga ayrim davlat ko‘chmas mulklarini xususiylashtirish uchun onlayn auksionga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi. Bu haqda prezident qabul qilgan 102-sonli qarorda nazarda tutilgan.
Qarorga ko‘ra, 1-iyuldan jismoniy shaxslarga “Davlat mulki” axborot tizimi orqali maydoni 2 000 metr kvadratgacha bo‘lgan davlat ko‘chmas mulk obyektlarini xususiylashtirish yoki ijaraga berish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri onlayn auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha ariza berish huquqi beriladi.
2023 yil 1-sentabrdan:
ko‘chmas mulk obyektlari va davlat ulushlari xususiylashtirilganligi to‘g‘risidagi davlat namunasidagi order va sertifikat Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP (my.gov.uz) orqali beriladi;
“E-auksion” elektron savdo platformasida elektron shaklda rasmiylashtiriladi;
har chorakda joyiga chiqqan holda investitsiya majburiyatlarining bajarilishini oraliq monitoring qilish tartibi bekor qilinadi.
Shuningdek, investitsiya majburiyatlarining bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlarni qog‘oz shaklida taqdim etish tartibi bekor qilindi. Tegishli davlat organlari va tashkilotlarning elektron bazasini “Davlat mulki” axborot tizimiga integratsiya qilish va tadbirkorlar elektron tizimga kiritadigan ma’lumotlar orqali hisobotlarni olish yo‘lga qo‘yiladi.
Qarorga ko‘ra, quyidagilar tasdiqlandi:
ommaviy savdolar orqali to‘liqligicha sotiladigan 1 001 ta korxonaning aksiya paketlari (ulushlari) ro‘yxati;
aksiya paketlari “bitta aksiya – bitta lot” tamoyili asosida xalq IPOsini o‘tkazish tartibida ommaviy savdolar orqali sotiladigan 40 ta korxona ro‘yxati;
ommaviy savdolar orqali sotiladigan 1 046 ta davlat va davlat ishtirokidagi korxonalarning ko‘chmas mulk obyektlari ro‘yxati;
munitsipal mulk obyektlarini belgilash mezonlari.
2023 yil 1-sentabrgacha davlat ixtiyoridagi istirohat bog‘lari xatlovdan o‘tkaziladi.