Navbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medalini qo‘lga kiritdi

© Milliy olimpiya qo‘mitasiNavbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi
Navbahor Hamidova jahon chempionatining bronza medaliga ega chiqdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik bokschi qizlar ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda.
TOShKENT, 27 mar — Sputnik. Hindistonda o‘tkazilgan ayollar boksi bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Navbahor Hamidova bronza medali bilan taqdirlandi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
66 kilogrammgacha vazn toifasida ishtirok etgan o‘zbekistonlik sportchi chorak finalda jazoirlik Imane Xelifga imkoniyatni boy bergan edi. Biroq keyinchalik jazoirlik bokschi diskvalifikatsiya qilindi va uning o‘rniga Hamidova yarim finalchi sifatida qayd etildi.
O‘zbekistonlik bokschi qizlar ketma-ket ikkinchi bor dunyo birinchiligini medal bilan yakunlashmoqda. Bundan avval Turkiyada o‘tgan JChda ular 2 ta bronza medaliga sazovor bo‘lgan edi.
Yangiliklar lentasi
0