Onkologiya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.01.2022
Bu qiziq
Ushbu ruknimizda ilm-fan, inson sog‘ligi, foydali va zararli oziq-ovqatlar, parhez taomlar, shifokorlar maslahati va boshqa barcha uchun qiziqarli ma’lumotlar bor.

Tishlar nega sarg‘ayadi

© Depositphotos.com / MilkosMujchina s vospalennimi desnami
Mujchina s vospalennimi desnami - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.03.2023
Obuna bo‘lish
Mutaxassis tishlarni sarg‘aytiruvchi mahsulotlarni sanab o‘tdi.
Rossiyalik stomatolog Nataliya Kadkalovaning so‘zlariga ko‘ra, qizil vino, qorag‘at, smorodina tishlar rangini o‘zgartirishi mumkin.
“Limon esa, aksincha, tishlarni oqartirishda yordam beradi. Biroq, agar kariyes bo‘lsa, ushbu meva yaxshi ta’sir qilmasligi mumkin”, - deydi tish shifokori.
Mutaxassis rangli mahsulotlarning tishlar rangiga salbiy ta’sir qilmasligi uchun ovqat iste’mol qilgandan so‘ng tishlarni yuvish yoki og‘izni chayishni tavsiya qildi.
Shu bilan birga emal rangi faqat oziq-ovqat tufayli o‘zgarmaydi. Tishlar ba’zi antibiotiklar, biologik faol qo‘shimchalarni nazoratsiz qabul qilish, shuningdek, oshqozon-ichak tizimi kasalliklari sabab sarg‘ayishi mumkin. Bu holatda gastroenterologga murojaat qilish lozim.
Yangiliklar lentasi
0