Xitoy Rossiya bilan hamkorlikni “yelkama-yelka” qurishda davom etadi — elchi

© Depositphotos.com / RyzhovFlagi Rossii i Kitaya
Flagi Rossii i Kitaya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.03.2023
Obuna bo‘lish
Xitoy elchisi: Ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “bloklarga qo‘shilmaslik, qarama-qarshilik qilmaslik tamoyillariga asoslanadi va uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
TOShKENT, 17 mar — Sputnik. Xitoy Rossiya bilan strategik hamkorlikni “yelkama-yelka” qurishda davom etadi. Bu haqda Xitoyning Moskvadagi elchisi Chjan Xanxuey RIA Novostiga bergan intervusida ma’lum qildi.
“Xitoy (Rossiya-tahrir) birgalikda ko‘p qutbli dunyo va xalqaro munosabatlarni demokratlashtirish tamoyillarini ilgari surish, global strategik muvozanat va barqarorlik uchun ishonchli kafolatlar berishda davom etadi”, — dedi diplomat.
Xanxuey dunyodagi notinch vaziyatga ishora qildi. Shu bilan birga, u Moskva va Pekin o‘rtasidagi munosabatlar xalqaro maydondagi beqaror vaziyatga javoban mustahkamlanib borayotganini ta’kidladi.
“Ikki davlat yetakchilarining strategik rahbarligida Xitoy va Rossiya yirik davlatlar o‘rtasida strategik ishonch va do‘stona, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari yo‘lidan muvaffaqiyatli o‘tib, yangi turdagi xalqaro munosabatlar modelini yaratdi”, - deydi u.
Elchining ta’kidlashicha, ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlar “bloklarga qo‘shilmaslik, qarama-qarshilik qilmaslik tamoyillariga asoslanadi va uchinchi tomonlarga qarshi qaratilmagan.
Shu sababli, Moskva va Pekin o‘rtasidagi hamkorlik boshqa davlatlar uchun xavf tug‘dirmaydi va uchinchi tomonlarning aralashuvi va provokatsiyasiga yo‘l qo‘ymaydi.
Yangiliklar lentasi
0