Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojaro boshlangandan buyon 100 mingdan ziyod harbiylarini yo‘qotdi – OAV

© AFP 2023 / Yasuyoshi ChibaRaneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti
Raneniy ukrainskiy voyennoslujashiy v Xarkovskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
“Politico” Kiyev Artyomovskda ko‘p askar yo‘qotganini ta’kidlamoqda.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. Ukrainada mojaro boshlangandan buyon 100 mingdan ziyod, jumladan, eng tajribali askar va zobitlar halok bo‘ldi. Bu haqda “Politico” gazetasi amerikalik amaldorlar hisob-kitoblariga tayangan holda yozmoqda.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, Kiyev Artyomovskda ko‘p askar yo‘qotgan. Shu bois AQSh hozir zudlik bilan Ukrainaga texnika jo‘natmoqda va tezlashtirilgan sur’atlarda ukrainalik harbiylarni tayyorlamoqda.
O‘tgan yil noyabrida Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen “bugungi hisob-kitoblarga ko‘ra <...> 100 ming harbiy halok bo‘lganini” ma’lum qilgandi. Keyinroq halok bo‘lgan va yaralanganlar soni haqidagi gaplar uning yozma ravishdagi nutqidan to‘liq o‘chirib tashlangandi.
Rossiya maxsus operatsiyasi

Rossiya 2022-yil 24-fevral kuni Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganini e’lon qildi. Rossiya prezidenti Vladimir Putin bu operatsiyaning maqsadi "sakkiz yil davomida Kiyev rejimi tomonidan tahqirlangan va genotsidga uchragan DXR va LXR fuqarolarini himoya qilish" deb atagan.

Buning uchun Ukrainani demilitarizatsiya (harbiy infratuzilmalarini yo‘q qilish) va denatsifikatsiya (millatchilik g‘oyalaridan tozalash) qilish talab etiladi. Shuningdek, Qurolli Kuchlar oldida Donbassni ozod qilish va Rossiya xavfsizligini kafolatlash turibdi.

KengaytirishYig‘ishtirish
Yangiliklar lentasi
0