Mirziyoyev Turkiyada Vengriya bosh vaziri bilan uchrashdi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV ramkax programmi osnovnogo dnya vneocherednogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom.
V ramkax programmi osnovnogo dnya vneocherednogo sammita Organizatsii turkskix gosudarstv Shavkat Mirziyoyev provel vstrechu s Premyer-ministrom Vengrii Viktorom Orbanom. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.03.2023
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Vengriya yetakchilari ikki mamlakat o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishni muhokama qilishdi.
TOShKENT, 16 mar — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 16-mart kuni Turkiy davlatlar tashkiloti (TDT) navbatdan tashqari sammitining asosiy tadbirlari doirasida Vengriya bosh vaziri Viktor Orban bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisi matbuot xizmati xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, uchrashuvda ikki tomonlama strategik sheriklik munosabatlari va ko‘p qirrali hamkorlik jadal rivojlanib borayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.
“Mamlakatlarimizning yetakchi kompaniyalari ishtirokidagi qo‘shma investitsiya loyihalarini qo‘llab-quvvatlash va tezlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi”, - deyilgan xabarda.
Yetakchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yish hamda O‘zbekiston va Vengriya korxonalarining samarali kooperatsiyasi uchun ishlab chiqarish maydonini tashkil etishga alohida e’tibor qaratishdi.
Qolaversa, Mirziyoyev Orban bilan xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Anqarada Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdog‘an bilan uchrashuv o‘tkazgani xabar qilingan edi. O‘zbekiston rahbari TDT sammitida ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Anqarada bo‘lib turibdi.
Yangiliklar lentasi
0