Yangi Toshkent shaharchasi qayerda qurilishi ma’lum bo‘ldi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov stroitelstva Novogo Tashkenta, kompleksa Imama Buxari i rada drugix obyektov.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov stroitelstva Novogo Tashkenta, kompleksa Imama Buxari i rada drugix obyektov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Obuna bo‘lish
Yangi Toshkent shaharchasi Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida barpo etiladi.
TOShKENT, 10 mar — Sputnik. Toshkent yaqinida 800 ming kishiga mo‘ljallangan Yangi Toshkent shaharchasi quriladi. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev ishtirokida bo‘lib o‘tgan qurilish loyihalari taqdimotida ma’lum bo‘ldi.
Yangi Toshkent shaharchasi loyihasiga ko‘ra, 800 ming aholiga mo‘ljallangan shaharcha Toshkentning sharqiy qismida, Yuqori Chirchiq va O‘rta Chirchiq tumanlari hududida barpo etiladi.
Birinchi bosqichda 6 ming gektarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish rejalashtirilgan, istiqbolli qurilish hududlari, yangi shahar bilan poytaxtni birlashtiruvchi asosiy yo‘llar sxemalari ishlab chiqilgan.
Shaharcha yangi ma’muriy va iqtisodiy markaz bo‘ladi, u yerda vazirlik va idoralar, oliy ta’lim muassasalari, sog‘liqni saqlash tashkilotlari, teatr, kutubxona, mehmonxonalar, turar joy binolari, bog‘lar o‘rin oladi.
Yashil hududlar 363 gektarni tashkil qilishi ko‘zda tutilgan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov stroitelstva Novogo Tashkenta, kompleksa Imama Buxari i rada drugix obyektov.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov stroitelstva Novogo Tashkenta, kompleksa Imama Buxari i rada drugix obyektov. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.03.2023
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s prezentatsiyey proyektov stroitelstva Novogo Tashkenta, kompleksa Imama Buxari i rada drugix obyektov.
Yangiliklar lentasi
0