Rossiya va Hindiston savdosi G‘arb uchun yangi tahdidga aylandi - OAV

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishFlagi Rossii i Indii, arxivnoe foto
Flagi Rossii i Indii, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 08.03.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya va Hindistonning neft savdosi dollar hukmronligiga putur yetkazadi - Reuters.
TOShKENT, 8 mar - Sputnik. Hindiston va Rossiya o‘rtasidagi neft savdosi dollarning uzoq muddatli hukmronligiga putur yetkaza boshladi, deya xabar beradi Reuters.
G‘arb davlatlari 5-dekabrda Rossiyadan nefti uchun narx chegarasini joriy qilganidan so‘ng, hindistonlik xaridorlar rus nefti uchun dollar o‘rniga rubl yoki BAA dirhamidan foydalanganmoqda.
Mualliflar ta’kidlaganidek, Ukrainada maxsus harbiy operatsiya boshlanganidan va Yevropa Rossiya neftidan voz kechganidan so‘ng, Moskva Hindistonga qora oltinning asosiy yetkazib beruvchisiga aylandi.
Mojaro boshlanganidan beri aksariyat rus banklari sanksiyaga uchragan bo‘lsada, hind mijozlari va rossiyalik yetkazib beruvchilar Rossiya nefti bilan savdoni davom ettirish niyatida, dedi hind manbasi.
Eslatib o‘tamiz, Ukraina mojarosi boshlanganidan bir oy o‘tib, Xalqaro valyuta jamg‘armasi bosh iqtisodchisi Gita Gopinatning aytishicha, xalqaro savdo bloklari boshqa valyutalarga o‘tishi sababli Rossiyaga qarshi sanksiyalar dollar hukmronligiga putur yetkazishi mumkin.
Yangiliklar lentasi
0