Amerikaliklar Putin kabi prezidentni xohlashmoqda
21:48 06.03.2023 (yangilandi: 18:44 05.04.2023)
© Sputnik / Pavel Bednyakov / Mediabankka o‘tishPrezident RF Vladimir Putin otvechayet na voprosi jurnalistov na sammite stran - uchastnis Yevraziyskogo ekonomicheskogo soyuza (YeAES) v Bishkeke.
© Sputnik / Pavel Bednyakov
/ Obuna bo‘lish
TOShKENT, 6 mar - Sputnik. AQShda prezident saylovi oldi poygasi kutilmagan burilish qildi. Amerikaliklar kim yomonroq – Baydenmi yoki Tramp, degan baxslardan charchab: “Mamlakatimizning ko‘plab fuqarolari davlat rahbari o‘rnida Putin kabi yo‘lboshchini ko‘rishni xohlaydi”, – habar beradi The American Thinker nashri.
Nufuzli internet-resurslarning ta’kidlashicha, rusofob tashviqotiga qaramay, oddiy amerikaliklar orasida Rossiya prezidentining mashhurligi tobora oshib bormoqda: “Amerikaliklar Putinning barcha namoyishkorona jangovarligi ortida, Amerika hukumatidan farqli o‘laroq, o‘z mamlakati va xalqi uchun ko‘proq qayg‘urayotgan rahbarni ko‘ra boshladilar”.
Ha mayli, The American Thinker konservativ nashr bo‘lgani uchun uni hisobga olmaymiz deylik. Lekin Britaniyaning eng liberal Guardian nashri ham xuddi shu holatni tan olishiga to‘g‘ri kelmoqda. Hozirgina yakunlangan Konservativ siyosiy harakatlar konferensiyasida amerikaliklar Putinni Bayden bilan qiyoslab, “urush qo‘zg‘atuvchi” demokratlarni qoralashdi va Ukrainaga qurol-yarog‘ yetkazib berish va moliyaviy ta’minotni to‘xtatish talab qilishdi.
“Menga Putin yoqadi, menimcha, u jasoratli inson va u o‘z mamlakati uchun qayg‘uradi”, - dedi The Guardian nashriga anjuman ishtirokchilardan biri.
Nega ularda to‘satdan Rossiya rahbariga bunday muhabbat paydo bo‘ldi? Rus odamiga bu holat darhol qandaydir shubhali tuyiladi. Sovet Ittifoqini parchalab tashlangan yillarda Amerika OAVlari uning rahbarlariga nisbatan surbetlarcha xushomad qilganini biz juda yaxshi eslaymiz.
Bugun esa buning aksi. Rasmiy anglo-sakson OAVlarida Putin hamon “Yovuz Doktor” sifatida tasvirlanmoqda. Ammo AQSh ommasining Rossiya prezidentiga nisbatan munosabati ancha murakkab. Amerikaliklarning Rossiya prezidentiga bo‘lgan muhabbatining avjiga chiqishi, ajablanarli ravishda, Putinning Rossiya dushmanlariga nisbatan o‘ta qattiqqo‘l pozitsiyasi tufayli paydo bo‘lgan.
Bir hafta oldin Rossiyaning strategik yadroviy qurollarni cheklash shartnomasidagi ishtirokini to‘xtatish haqidagi qarori amerikalik hamkorlarga rasman yetkazilgan edi. Bu qaror bomba portlagandek taassurot qoldirdi. Strategik raqiblarimizda bu harakatga hali javob yo‘q.
Ammo ular Rossiya rahbariyatining ogohlantirishlari mubolag‘a emasligini tezda tushundi. Ilgari ayrim “ekspertlar” Rossiya bayonotlariga e’tibor berish shart emas, degan fikrni bildirgan edi. Bugun esa bunday “ekspertlar” ilgari surgan fikrlari uchun o‘z hamkasblari tomonidan qoralanmoqda.
Endilikda AQSh xalqi qiziq bir dilemmaga duch keldi. Mamlakat rahbari – Amerikaning strategik dushmani Oq uyni Ukraina mojarosiga aralashmaslik haqida ochiqchasiga ogohlantirmoqda, aks holda bu yadroviy urushga olib kelishi mumkin. Ya’ni, Putin millionlab odamlar taqdiri uchun qayg‘urishini va mas’uliyat his qilayotganini namoyon qildi.
Lekin, ularning rahbari o‘jarlik bilan Ukrainaga aralashishda davom etmoqda va uning “masxarabozliklari” to‘lovini millionlab oddiy amerikaliklar to‘lashi kerakligiga tupurmoqda. Oq uy egasi AQSh xalqini radioaktiv olovga tashlashga tayyor, o‘zi esa “o‘g‘ilchasi” bilan bunkerda jon saqlab o‘tirmoqchi.
Buning ustiga Zelenskiy amerikaliklar o‘z o‘g‘il va qizlarini “Ukraina uchun jon fido qilish”ga yuborishlari kerakligi haqida noo‘rin da’vat bilan chiqib qoldi. Jo Bayden esa uni hatto to‘xtatmadi.
Bunker sotib olishga yoki Yangi Zelandiyaga ko‘chib ketishga puli yo‘q oddiy amerikaliklar o‘z kelajaklari, qolaversa, butun dunyo kelajagi uchun faqat Rossiya prezidenti qayg‘urayotganini ko‘rmoqda. O‘zlarining, qandaydir noma’lum yo‘llar bilan hokimiyatga kelib qolgan rahbarlari esa butun insoniyatni yadroviy urush girdobiga itarib yuborishga tayyor. Tabiiyki, amerikaliklar ijtimoiy tarmoqlarda “biz Putin kabi odamni xohlaymiz” tarzida fikr bildirishmoqda.
Yana bir muhim omil bor. Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomadan chiqish qarori amerikaliklar orasida “Rossiyada qancha strategik raketa borligi” va “Rossiya raketalari AQShga qanchalik tez yetib borishi” haqidagi qidiruv so‘rovlarining keskin ortishiga olib keldi. Shu bilan birga, millionlab amerikaliklar teng kuchga ega bo‘lgan davlatga qarshi ekanliklarini tushunishdi.
Bugungk kunga qadar Amerika faqat yadroviy qurolga ega bo‘lmagan, zaif armiyali korrupsiyaga botgan davlatlar bilangina kurashgan edi. Ushbu mamlakatlar aholisini ular umuman odam sifatida qabul qilishmagan, shunchaki qandaydir koloniyaal hayvonchalar sifatida ko‘rilgan.
Kuch jihatdan o‘zlariga teng bo‘lgan mamlakat vakillariga nisbatan esa butunlay boshqacha munosabat. Rossiyaning “jumboqliligi” va "rus qalbining siri" haqidagi barcha mustamlakachilik ruhidagi shiorlar bir zumda tugadi. Amerikaliklar bizni teng huquqli raqiblar sifatida ko‘ra boshladi, demak ular o‘zlarini bizning o‘rnimizga qo‘yib ko‘rishdi va biz ham o‘z manfaatlarimizga ega bo‘lishimiz mumkinligini tan olishdi.
O‘n yillar davomida bizning liberallarimiz Rossiyaning jangovarligi uni barcha mamlakatlar bilan mojaro keltirib chiqarishi mumkinligi haqida nolishar edi. Aslida, bu butunlay teskari ravishda ishlaydi. Kuchning ishonchli namoyishi hurmatni uyg‘otadi, hurmatdan keyin manfaatlarni tan olish keladi, keyin esa “tinchlik, do‘stlik, caqich” paydo bo‘lishi mumkin. Faqat shu tartibda, boshqacha bo‘lishi mumkin emas.
Nafratni to‘satdan mehrga aylanishi kabi xayratlanarli o‘zgarish, urushdan keyingi Yaponiya misolida ham kuzatilgan. Xirosima, Nagasaki, Tokioning shafqatsiz tarzda vayron qilinishi, partizanlar urushiga emas, balki aksincha Amerikaga kutilmagan darajada sajda qilishga olib keldi. Konstantin Simonov bu hodisa haqida juda yorqin xotiralarni yozib qoldirgan – u urushdan keyingi Yaponiyaga tashrif buyurgan edi.
Rossiyaga Amerika kabi shafqatsiz yo‘l tutishiga hojat yo‘q. Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtirokimiz to‘xtatilganini e’lon qilishning o‘zi kifoya bo‘ldi. Endi esa rasmiy OAVning barcha yolg‘onlariga qaramay, Amerikaning keng ommasi prezident Putinga nisbatan iliq his-tuyg‘ularga ega. Newsmax telekanali esa Dmitriy Medvedevning Rossiyaning Strategik qurollarni qisqartirish to‘g‘risidagi shartnomadagi ishtirokini to‘xtatgani haqidagi postini o‘z veb-saytida qayta nashr etmoqda. Bu materialda hech qanday tanqid yo‘q – jurnalistlar shunchaki Rossiya sobiq prezidentining “Biz o‘zimizni barcha turdagi qurollar, jumladan, yadroviy qurollar bilan ham himoya qilishga haqlimiz”, - degan gapini keltirishmoqda.