Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi – O‘zgidromet

© SputnikToshkent
Toshkent - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 05.03.2023
Obuna bo‘lish
Poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
TOShKENT, 5 mar — Sputnik. Bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.
Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.
Poytaxtda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-21° iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Yangiliklar lentasi
0