Mehnat migrantlariga qanday yordam berilmoqda?

© Sputnik / Mixail Golenkov / Mediabankka o‘tishOcheredi migrantov v UFMS
Ocheredi migrantov v UFMS - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.02.2023
Obuna bo‘lish
Xorijiy ish beruvchilardan O‘zbekiston fuqarolarining 1 199,7 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
TOShKENT, 27 fev — Sputnik. 2022-yilda xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 14 ming nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam ko‘rsatildi. Bu haqda Senat axborot xizmati ma’lum qildi.
So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda xorijiy davlatlarda O‘zbekiston fuqarolarining mehnat huquqlarining buzilishi, xususan, majburiy mehnatga jalb etilayotganligi, oylik ish haqlarini o‘z vaqtida ololmayotganligi yoki noqulay sharoitlarda mehnat faoliyatini amalga oshirayotganligi yuzasidan ayrim xabarlar chop etildi.
Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolarining nafaqat mamlakat hududida, balki xorijiy davlatlarda ham mehnat sohasidagi huquqlari buzilishining oldini olish bo‘yicha Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasi tomonidan zarur choralar ko‘rib borilmoqda.
“2022 yilda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi hamda elchixonalarimiz va konsullik idoralarimiz tomonidan xorijda mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan 14 ming nafar mehnat migrantiga huquqiy yordam, 271 ming nafariga maslahat xizmatlari, 20 ming nafariga ijtimoiy yordam, 3,8 ming nafariga moddiy yordam, 1,4 ming nafariga bir martalik moddiy yordam ko‘rsatildi”, - deyiladi xabarda.
Shuningdek, xorijiy ish beruvchilardan O‘zbekiston fuqarolarining 1 199,7 ming AQSh dollari miqdorida ish haqi va kompensatsiyalari undirib berilishida amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Qayd etilishicha, bu borada Milliy komissiya tomonidan xorijiy davlatlarning parlamentlari, Xalqaro mehnat tashkiloti, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot bilan yaqindan konstruktiv hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.

“Aziz yurtdoshlar, agar siz majburiy tarzda biron-bir mehnatga jalb etish, munosib mehnat va dam olish sharoitlarini yaratish, ish haqini o‘z vaqtida bermaslik bilan bog‘liq muammolarga duch kelsangiz “1176” hamda “1092” raqamli “ishonch telefon”lari, dmi.mehnat.uz sayti orqali yoki “@mehnathuquq_bot” va https://t.me/migratsiyaagentligi telegram kanali orqali murojaat qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi xabarda.

Qayd etilishicha, har bir ma’lumot va murojaat belgilangan tartibda tezkorlik bilan o‘rganib chiqiladi va tegishli zarur choralar ko‘riladi. Shuningdek, murojaatchining roziligisiz shaxsiga doir biron-bir ma’lumot oshkor etilmasligi kafolatlanadi.
Yangiliklar lentasi
0