O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi

© Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
Obuna bo‘lish
Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi.
TOShKENT, 23 fev — Sputnik. O‘zbekiston va Qozog‘iston “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalasini muhokama qildi. Bu haqda Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi ma’lum qildi.
Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vaziri Marat Qarabayev O‘zbekistonning Qozog‘istondagi elchisi Saidikrom Niyozxo‘jayev bilan uchrashdi.
© Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi
Vazir o‘z so‘zida ikki davlat umumiy qiymati 2,1 mlrd dollar bo‘lgan 42 ta qo‘shma loyihani amalga oshirayotganini ta’kidladi.
© Qozog‘iston Sanoat va infratuzilmani rivojlantirish vazirligi O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.02.2023
O‘zbekiston va Qozog‘iston yangi temir yo‘l liniyasini qurishni muhokama qildi
Shuningdek, uchrashuv davomida transport sohasi loyihalari, xususan, 106 km uzunlikdagi “Darbaza – Maqtaaral” yangi temir yo‘l liniyasini qurish masalalari muhokama qilindi.
"Darbaza" stansiyasidan "Maqtaaral" stansiyasigacha uzunligi 106 km bo‘lgan yangi liniya qurilishi "Sariag‘ash" nazorat-o‘tkazish punktida yuklarni tushirish va yiliga 10 million tonnagacha qo‘shimcha yuk tashishni jalb qilish imkonini beradi. Shuningdek, Turkiston viloyati Maqtaral tumani magistral temir yo‘l liniyasini asosiy stansiyaga ulash imkoniyati yaratiladi.
Muloqotda o‘zaro aviaqatnovlar sonini oshirishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun, hozirda ikki davlat o‘rtasida “Ostona — Toshkent” yo‘nalishida 5 ta, “Olmaota — Toshkent” yo‘nalishida 14 ta reys va “Aqtau — Nukus” yo‘nalishida 1 ta reys amalga oshirilmoqda.
Yangiliklar lentasi
0