Rossiya o‘zbekistonliklarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi

© Unsplash / Ivan HenaoRabochiy na stroyke
Rabochiy na stroyke - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 22.02.2023
Obuna bo‘lish
Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin O‘zbekistondan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatishga oid qarorni imzoladi.
TOShKENT, 22 fev — Sputnik. Rossiya hukumati O‘zbekistondan fuqarolarni ishga jalb qilish bo‘yicha pilot loyihasini to‘xtatdi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin tomonidan imzolangan tegishli qarorda nazarda tutilgan.
Hujjatga ko‘ra, hukumat O‘zbekiston fuqarolarini Rossiya qurilish industriyasi, yengil sanoat va qishloq xo‘jaligi korxonalarida ishlashga jalb qilish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirishni to‘xtatdi.
2021 yil oktabr oyida O‘zbekistondan mehnat migrantlarini, xususan, Rossiya qurilish obyektlariga jalb etish bo‘yicha sinov dasturi ishga tushirilgan. Unga muvofiq, Rossiyada ishlash huquqini beruvchi ruxsatnomalar olishning bir qator tartiblari O‘zbekistonga o‘tkazildi.
Shu jumladan, migrantlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, COVID-19 testini o‘tkazish va “Sputnik Layt” bilan emlash, shuningdek, Rossiyaga kirishni taqiqlashni tekshirish masalalari nazarda tutilgan.
Qurilish vazirligi matbuot xizmati RIA Novostiga ma’lum qilishicha, endi pandemiyaga qarshi cheklovlar olib tashlanishi sharoitida, jumladan, chegaradan o‘tish joylarida sinov loyihasini davom ettirish maqsadga muvofiq emas.
Ma’lumotlarga ko‘ra, loyiha doirasida Rossiya qurilish obyektlariga 4750 nafar O‘zbekiston fuqarosi kelgan.
Yangiliklar lentasi
0