Bugun Buxoroga yangi marralarni belgilash uchun keldik – Shavkat Mirziyoyev

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi.
TOShKENT, 17 fev — Sputnik. Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatiga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida ma’lum qildi.
Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida Bahouddin Naqshband maqbarasini ziyorat qildi. Qur’on tilovat qilindi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
“Hamma joylarga borib, sohalarga turtki berib, muammolarni hal etib, xalqni rozi qilishga harakat qilyapmiz. Bugun Buxoroga ham yangi marralarni belgilash, odamlarning birini ikki qilish uchun keldik. Hamma xayrli ishlarimizda Allohning o‘zi madadkor bo‘lsin”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.
Olimlar bilan suhbatda diniy ta’limni rivojlantirish, jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarurligi ta’kidlandi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti.
Shavkat Mirziyoyev posetil mavzoley Baxouddina Nakshbanda v Buxarskoy oblasti. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 17.02.2023
“Oxirgi yillarda hamma sohalar qatori din bo‘yicha ham ochiqlik, erkinlik berildi, bir nechta ilmiy markazlar tashkil etdik. Lekin bulardan xalqimizga nima manfaat bo‘layapti? Manfaat shunday bo‘lishi kerakki, bu salohiyatni jamiyatga yetkazish kerak”, dedi prezident.
Qayd etilishicha, Buxoriy, Moturidiy, Marg‘inoniy kabi buyuk allomalar merosiga tayangan holda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish zarur. Buning uchun diniy ta’limni amaliyot bilan bog‘lash, ilmiy markazlarni dunyoda yetakchilarga aylantirish kerak.
Yangiliklar lentasi
0