“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida shu yili 5 ta loyiha ishga tushiriladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu nedavno vvedennix v stroy predpriyatiy v svobodnoy ekonomicheskoy zone "Djizak".
Prezident Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s deyatelnostyu nedavno vvedennix v stroy predpriyatiy v svobodnoy ekonomicheskoy zone Djizak. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.02.2023
Obuna bo‘lish
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 27 ta loyiha amalga oshirilib, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan.
TOShKENT, 10 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonalar faoliyati bilan tanishdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida 27 ta loyiha amalga oshirilib, 5 ming 300 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Oxirgi yillarda uning faoliyati takomillashtirilib, biznesga qulaylik kengaytirilgan.
“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida yana 14 loyiha amalga oshirilmoqda. Shundan 5 tasi joriy yilda ishga tushiriladi”, - deyiladi xabarda.
Mirziyoyev bu yerda 2022-yil oktabrida ishga tushgan “Iruskon” qandolat korxonasi ish jarayoni, mahsulotlarini ko‘zdan kechirdi.
Korxonada Rossiya, Turkiya, Germaniya va Italiya tajribasi asosida “Deya” brendi bilan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarilmoqda. Yillik quvvati 12 ming tonna. 100 ga yaqin kishi ish bilan ta’minlangan. Kelgusi yil ikkinchi bosqich uchun Germaniya va Turkiyadan yana 5 million dollarlik uskunalar olib kelish rejalashtirilgan. Buning natijasida yana 550 nafar yangi ish o‘rni yaratiladi.
Iqtisodiy zonadagi yana bir korxona - “Master Building Products” mas’uliyati cheklangan jamiyatida yiliga 3 million dona quvur va fiting mahsulotlari, qurilish materiallari tayyorlanadi. 600 ga yaqin ish o‘rni yaratilgan. Davlat rahbari ushbu mahsulotlar ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
“Global Optical Communication” O‘zbekiston-Janubiy Koreya qo‘shma korxonasi ham ko‘zdan kechirildi. Bu yerda yiliga 85 ming kilometrlik optik tolali kabel mahsulotlari ishlab chiqarilmoqda. 115 kishi mehnat qilmoqda.
Prezident korxonalarda mahalliylashtirish darajasini oshirib, import o‘rnini bosuvchi va eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Yangiliklar lentasi
0