Suriya G‘arb zilziladan so‘ng yordam ko‘rsatmayotganini ma’lum qildi

© Sputnik / Andrey Stenin / Mediabankka o‘tishOsvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii
Osvobojdennaya ot boyevikov krepost Krak de Shevalye v Sirii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 09.02.2023
Obuna bo‘lish
Suriya prezidenti maslahatchisi: G‘arb faqatgina muxolifat guruhlariga yordam ko‘rsatmoqda
TOShKENT, 9 fev – Sputnik Suriya prezidenti maslahatchisi Busayna Shaabanning aytishicha, G‘arb mamlakatlari zilziladan so‘ng Suriya hukumatiga emas, balki terrorchilar va muxolifat guruhlari nazorati ostidagi hududlarga yordam jo‘natmoqda.

“Afsuski, G‘arbni faqat terrorchilar bo‘lgan, “Oq kaska”lar hududlari qiziqtiradi. Ular ko‘p suriyaliklar istiqomat qiladigan hududlar haqida o‘ylashmayapti... Haqiqat shundaki, AQSh va Yevropa faqat “Oq kaska”larni himoya qiladi. AQShdan ham, Yevropadan ham Turkiyaga ko‘p miqdorda pul, jihozlar yuborildi. Yevropadan Suriyaga hech nima yo‘q”, - deydi Shaaban Britaniyaning Sky News nashriga bergan intervyusida.

Avvalroq BMTning doimiy koordinatori al-Mustafo Benlamlih Suriya hukumatini siyosatni chetga surib, Suriyadagi gumanitar missiyani osonlashtirish uchun mamlakatning muxolifat nazoratidagi shimoli-g‘arbiy mintaqasiga kirishga ruxsat berishga chaqirgan edi.
Eslatib o‘tamiz, 6-fevral kuni Suriyaning Halab, Latakiya, Xama va Tartus viloyatlari kuchli zilziladan jiddiy zarar ko‘rdi. Respublika Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, qurbonlar soni 1,2 mingdan oshgan, 2,2 mingdan ziyod kishi jarohatlangan.
Yangiliklar lentasi
0