Istanbulda konsulliklarini yopgan davlatlarni ittifoqchi yoki do‘st deyish qiyin - Turkiya

© CC0 / Unsplash / Meg JerrardBolshaya mechet Medjidie v Stambule
Bolshaya mechet Medjidie v Stambule - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.02.2023
Obuna bo‘lish
Prezident saylovlari arafasida teraktlar xavfi haqida e’lon qilish hamda konsulxonalarning yopilishi - "psixiologik hujum" maqsadida amalga oshirilmoqda - Turkiya IIV.
TOShKENT, 3 fev – Sputnik. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li Istanbulda konsulxonalarini yopgan bir qator g‘arb davlatlarini Turkiyaning ittifoqchi va do‘sti deyish qiyin ekanini aytdi.
Biroz oldin Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya Shvetsiya, Niderlandiya va Shveysariya o‘zlarining Istanbuldagi bosh konsulxonalarida, shahar markazida teraktlar xavfi borligi tufayli, qabullarni to‘xtatgani haqida ma’lum qilgan edi.

"Ular terror tahdidi haqida gapirishapti. Agar shunday tahdid bo‘lsa va ittifoqchi bo‘lsak, biz bilan razvedka ma’lumotlarini bo‘lishish noto‘g‘ri bo‘larmidi? Bizga tahdid haqida aniq ma’lumotlar borligini aytishmoqda, lekin bu ma’lumot qayerdan olindi? Lekin bizda buning tafsilotlar haqida hech qanday ma’lumot yo‘q. Ichki ishlar vazirligida ham, bizning razvedkada ham sheriklarimiz biz bilan baham ko‘radigan ma’lumot yo‘q. Mabodo haqiqatdan ham hujum sodir bo‘lsa nima bo‘ladi? Siz faqat o‘zingizni o‘ylaysizmi?", - dedi Chavusho‘g‘li juma kuni Istanbulda bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida.

"Kecha biz bu haqda elchilarga e’lon qildik. Bu na do‘stlik, na ittifoqchilik. Ayniqsa, saylovlar oldidan bizni qiyin ahvolga solib qo‘ymoqchi bo‘lganlar uchun. Xalqimiz bu harakatlar maqsadlarini juda yaxshi biladi. Kecha biz barcha kerakli xabarlarni diplomatlarga yetkazdik”, - dedi Turkiya tashqi ishlar vaziri.
Turkiya ichki ishlar vaziri ham NATO bo‘yicha ittifoqchilarini mamlakatdagi barqarorlikni buzishga urinishda aybladi. Sulaymon Soylu buni AQShning terrorchilik hujumlari tahdidi haqidagi bayonotlari fonida mamlakatga qarshi “psixologik urush” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, konsulliklarni yopish - muayan maqsadlarni ko‘zlagan.
AQSh elchixonasi dushanba kuni o‘z fuqarolarini Istanbul markazida teraktlar xavfi haqida ogohlantirgan edi. Maqsadlar Istanbuldagi cherkovlar, sinagogalar, diplomatik vakolatxonalar yoki xorijliklar orasida mashhur bo‘lgan boshqa joylar, xususan Istanbulning Beyo‘g‘li Galata, Taksim tumanlari, Istiqlol ko‘chasi ekanligi aytilmoqda.
O‘tgan haftada AQSh Yevropada o‘ta o‘nglar tomonidan Qur’on nusxalari yoqib yuborilishi fonida teraktlar sodir etilishi mumkinligidan ogohlantirgan edi. Shundan so‘ng Fransiya diplomatik missiyasi Amerika elchixonasi ma’lumotlariga tayanib, xuddi shunday ogohlantirish bilan chiqdi.
Yangiliklar lentasi
0