Prezident Andijonga tashrifini Bo‘ston tumanidan boshladi
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Obuna bo‘lish
Prezident “Sayyora favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishga tushirilgan to‘qimachilik korxonasiga bordi.
TOShKENT, 1 fev — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyevning Andijon viloyatiga tashrifi Bo‘ston tumanidan boshlandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Tumanda yaqinda “Sayyora favvorasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan to‘qimachilik korxonasi ishga tushirilgan edi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Umumiy qiymati 113 milliard so‘mlik ushbu loyiha doirasida bino barpo etilib, Turkiyadan zamonaviy uskunalar keltirib o‘rnatilgan. Erkaklar, ayollar va bolalar uchun 50 turdan ortiq, yiliga 1 million 200 ming dona tayyor trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Mingga yaqin mahalliy aholi ish bilan ta’minlangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Korxonaning “Elegance SM” brendi ostidagi sifatli, bejirim mahsulotlarning asosiy qismi eksportga yo‘naltirilgan. Yillik eksport hajmi 4 million dollar bo‘lishi mo‘ljallangan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
“Bu korxonaga zamin yaratayotganimizda bugungiday bo‘lib ketishiga ko‘pchilik ishonmagandi. Bo‘ston iqtisodiy jihatdan orqada qolgan tumanlardan edi. Mana shunday korxonalar ochilib, odamlarimiz daromad topayotgani quvonarli. Buni davom ettirib, ish o‘rinlarini ko‘paytirishimiz kerak”, - dedi Mirziyoyev.
Shu yerning o‘zida kasb-hunarga qayta tayyorlash o‘quv markazi tashkil etilgan. Unda hududdagi ishsiz fuqarolar hunar o‘rganib, o‘z yo‘lini topmoqda. Jumladan, yaqinda 200 nafar ehtiyojmand xotin-qiz kasbga o‘qitilib, ishga olingan.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Prezident ular bilan suhbatda ayolning bilimli, hunarli bo‘lishi oilaning katta yutug‘i ekanini ta’kidladi. Korxonaga muvaffaqiyat, ayollarga oilaviy farovonlik tiladi.
© Press-slujba prezidenta UzbekistanaVizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Vizit Shavkata Mirziyoyeva v Andijanskuyu oblast na tekstilnoe predpriyatie "Sayyora favvorasi".
Eslatib o‘tamiz, bugun Shavkat Mirziyoyev hududlar iqtisodiyoti, aholi hayoti bilan yaqindan tanishish maqsadida Andijon viloyatiga jo‘nab ketgandi.