Prezident qator vazirlik va qo‘mitalarga rahbarlar tayinladi
14:53 31.01.2023 (yangilandi: 15:17 31.01.2023)
© Sputnik / Grigoriy Sisoyev
/ Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti qarori bilan 10 dan ortiq vazirliklar rahbarlariga o‘rinbosarlaritayinlandi.
TOShKENT, 31 yanv — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining qarori bilan qator vazirlik va qo‘mitalarga rahbarlar tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Madaniyat va turizm vazirida lavozimga tayinlanganlar:
Bahodir Ahmedov - madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari;
Murodjon Madjidov - madaniyat va turizm vazirining o‘rinbosari;
Firdavs Abduxalikov - madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Kinematografiya agentligi direktori;
Rustambek Kurbanov - Madaniyat va turizm vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi raisi.
Madaniyat va turizm vazirida lavozimdan ozod etilganlar:
Baxtiyor Ibragimov - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari;
Nusratilla Zikrillayev - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari;
Botirjon Shahriyorov - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan turizm va madaniy meros vazirining o‘rinbosari;
Umidjon Qo‘qonboyev - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan madaniyat vazirining o‘rinbosari.
Transport vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Abdurahmon Abduvaliyev - Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi;
Tohir Nazarov - Transport vazirligi huzuridagi Fuqaro aviatsiyasi agentligi direktori;
Doniyor Ahmedov - Transport vazirligi huzuridagi Temir yo‘llarda yuk va yo‘lovchilar tashish xavfsizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i;
Faxriddin Salixov - Transport vazirligi huzuridagi Yo‘l-qurilish ishlari sifatini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i.
Raqamli texnologiyalar vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Oleg Pekos - raqamli texnologiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari;
Jamol Maxsudov - raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari;
Rustam Karimdjonov - raqamli texnologiyalar vazirining o‘rinbosari;
Shuhrat Qodirov - Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar agentligi direktori;
A’zam Abdullayev - Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat inspeksiyasi boshlig‘i.
Shuningdek, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosarlari Doniyor Rustamov va Jamshid Egamberdiyevlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Tog‘-kon va geologiya vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Omonullo Nasritdinxodjayev - tog‘-kon va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari;
A’zam Qodirxodjayev - tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari;
Azizxo‘ja Qobilov - tog‘-kon va geologiya vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Shamsiddin Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Yoshlar siyosati va sport vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Durdona Rahimova - yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari;
Shahrillo Maxmudov - yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari;
Murad Ismailov - yoshlar siyosati va sport vazirining o‘rinbosari.
Abdullo Aslonov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sportni rivojlantirish vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Tabiat resurslari vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Obidjon Qudratov - tabiat resurslari vazirining birinchi o‘rinbosari;
Jusipbek Kazbekov - tabiat resurslari vazirining o‘rinbosari;
Sherzod Habibullayev - Tabiat resurslari vazirligi huzuridagi Gidrometeorologiya xizmati agentligi direktori.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida lavozimga tayinlanganlar:
Erkin Muhitdinov - kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari;
Jamshid Abruyev - kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari;
Ra’no Turdiboyeva - kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining o‘rinbosari;
Mirzohid Ubaydullayev - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Mahallabay ishlash va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi direktori;
Ozoda Parpibayeva - Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va hotin-qizlar qo‘mitasi raisi.
Bandlik va mehnat munosabatlari hamda Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirliklarida lavozimdan ozod etilganlar:
Bahodir Umurzakov - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan bandlik va mehnat munosabatlari vazirining o‘rinbosari;
Sodiqjon Turdiyev - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining birinchi o‘rinbosari;
Abdulla Tursunov - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari;
Muxtar Muhitdinov - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirining o‘rinbosari;
Nodira Egamberdiyeva - boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Oila va hotin-qizlar davlat qo‘mitasi raisining o‘rinbosari.
Suv xo‘jaligi vazirligida lavozimiga tayinlanganlar:
Baxtiyor Kamalov - suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari;
Dilshodjon Xodjiaxmedov - suv xo‘jaligi vazirining o‘rinbosari;
Zafar Irisboyev - Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Suv xo‘jaligi obyektlari xavfisizligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i.
Shu bilan birga, Baxodir Yusupaliyev SSV huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi lavozimiga tayinlandi.
Anvar Alimov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan sog‘liqni saqlash vazirining o‘rinbosari — Toshkent shahar sog‘liqni saqlash bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimidan ozod etildi.
Qolaversa, prezident qarori bilan Agzam Ikramov va Zohidjan Ziyayev Statistika agentligi direktorining o‘rinbosarlari etib tayinlandi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi prezidentining 25-yanvar kuni e’lon qilingan 14-sonli farmoniga muvofiq qator budjet va nobudjet mablag‘laridan moliyalashtiriladigan boshqaruv va ishlab chiqarish muassasalari xodimlari soni qisqartirilgan edi.
Hujjatga ko‘ra, jami 17 447 ta boshqaruv va ishlab chiqarish shtat birliklari qisqartirilmoqda. Shu jumladan, vazirlik va idoralar rahbarlari o‘rinbosarlari soni 207 nafardan 144 nafargacha (-63) yoki 30 foizga kamaytirilmoqda. Shuningdek, dastlabki hisob-kitoblarga muvofiq, 703 ta avtotransport vositasi va 10 ta bino ham bo‘shashi rejalashtirilgan.