Isfahondagi zavodga uyushtirilgan dronlar hujumi ortida kim turibdi?

© Sputnik / Anton BistrovFlagi Irana na odnoy iz ulis Tegerana.
Flagi Irana na odnoy iz ulis Tegerana. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 31.01.2023
Obuna bo‘lish
Yirik uglevodorodlar zaxirasi va yadroviy dastur Eron suverenitetini mustahkamlaydi va Amerika “gegemoniya”siga soya soladi.
TOShKENT, 31 yanv - Sputnik. AQSh va uning eng Yaqin Sharqdagi vassali – Isroil sarosimada. Vashington va Tel-Avivning Tehron bilan harbiy tahdidlar yoki Eronning harbiy sanoat komplekslariga dron bilan zarba berish bilan olib borayotgan “muzokara”lari buzg‘unchi xarakterga ega. Va Yaqiy Sharq, Janubiy Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyo hududlarida harbiy eskalatsiyalar uchun asoslar yaratdi.
Eron mudofaa vazirligi 29-yanvarga o‘tar kechasi Tehrondan 300 km janubda joylashgan Isfahondagi o‘q-dori ishlab chiqarish markaziga uchta dron zarbasi berilgani haqida ma’lum qildi. Hujum muvaffaqiyatsiz amalga oshirilgan, deya tan olgan – mini dronlar nishonga yetib bormagan (bittasi havo hujumiga qarshi mudofaa tizimi tomonidan urib tushirilgan, ikkitasi – obyektning chegara panjaralarida portlagan). Sex xodimlari va jihozlariga zarar yetkazilmagan. OAV Hamadon va Karaj shaharlaridagi mudofaa korxonalarida, Ozar shahrdagi neftni qayta ishlash zavodida ham portlashlar eshitilganini xabar qildi (Tehron bu ma’lumotni tasdiqlamadi).
Dronlarning kimga tegishli ekani rasman tasdiqlanmagan, biroq Sharq va G‘arb axborot manbalari bir ovozdan hujum tashkilotchisi va manfaatdori AQSh va Isroil deb hisoblamoqda.
"Defence Express" sun’iy yo‘ldoshdan olingan yangi suratlarni e’lon qoldi va unda Eronning Isfahon shahridagi "Shahed-136" zarba beruvchi dronlarni ishlab chiqarish joyida ekanligini ko‘rish mumkin. Ta’kidlash joiz, Eronning o‘ta muhim ishlab chiqarish quvvati chuqur yer ostida joylashgan. Bunday komplekslarga zarar keltirish uchun yuqori quvvatli beton teshuvchi o‘q-dorilar (yoki yadro quroli) kerak. 29-yanvar kuni amalga oshirilgan ushbu dron hujumi yoki “yashirin zarba” ogohlantirishga o‘xshaydi. Tehron bosqinchilik harakati javobsiz qolmasligini bildirdi.
Eron Mudofaa vazirligi ushbu nifoq mamlakat hayotiga ta’sir qilmasligini bildirdi. Eron TIV rahbari Amir Abdollahiyon dron hujumini “hatto o‘z hatti-harakatiga javob bera olmaydiganlar tomonidan qo‘rqoqlarcha harakat”, - deb aytdi va qo‘shimcha qildi: “Bu bizni o‘z mamlakatini himoya qilish uchun yadroviy dasturdan voz kechishga aniq majbur qila olmaydi”. Pentagon vakili Patrik Rayder AQSh Eron hududidagi obyektlarga amalga oshirilgan hujumlarda aloqasi yo‘q ekanini aytdi. Davlat kotibi Entoni Blinken kelajakda Eronga harbiy ssenariylar ehtimoli haqida so‘zladi: “Biz Eronga nisbatan hech qanday ssenariylar, jumladan, harbiy ssenariylarni ham inkor etmaymiz. Barcha imkoniyatlar ochiq. Biroq hozircha biz uchun diplomatik imkoniyatlar afzal hisoblanadi”.
Amerika diplomatiyasining haqiqatlari shundaki, aynan Vashington bir tomonlama tartibda bahona qilib 2018-yil Tehron bilan yadroviy “kelishuv”dan chiqqan va diplomatiyaga qaytganicha yo‘q. Eron yadroviy yoqilg‘ini boyitish bo‘yicha yangi ish sikli bilan javob berdi. O‘tgan yilning kuzida Isroil mudofaa vaziri Benni Gants Eron yadro bombasi 2023-yil boshida paydo bo‘lishini bashorat qilgan edi, prezident Jozef Bayden esa harbiy amaliyot Tehronga qarshi so‘nggi chora bo‘lishini tan oldi. Tel-Aviv qo‘shni Suriya va Livanda Eron kuchlari borligidan xavotirda. Ommaviy qirg‘in qurollari Tehronni Yaqin Sharq, Janubiy Kavkaz, Markaziy va Janubiy Osiyo uchun so‘zsiz “kuch markazi”ga aylantiradi. Eronning haqiqiy suvereniteti AQSh uchun mamlakat ichkarisidan uglevodorodlarni ulushli nasoslar orqali chiqarish istiqbollarini abadiy yopadi.

"Juniper Oak 23" final akkordi

Yaqinda, “betonlangan yerda” 140 samolyot, Amerikaning qariyb 6400 va Isroilning 1500 nafar harbiylari ishtirokida "Juniper Oak" Amerika-Isroil manyovrlari bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotlar afsonasiga ko‘ra, artilleriya otishmalari, dengiz operatsiyalari olib borilgan. Amerika va Isroil beshinchi avlod qiruvchilari birgalikda mashg‘ulotlar o‘tkazgan. "USS George HW Bush" aviatashuvchi zarba guruhi boshqaruv va nazorat bilan shug‘ullangan, uchuvchisiz uchish apparatlarini, V-52N strategik bombardimonchilarni yadroviy kallaklarni, reaktiv qiruvchilar va HIMARS tizimlari bilan integratsiyalagan. To‘rt kun davomida qo‘shinlar poligonlarda 81 tonna o‘q-dorilardan tayyorlangan.
"Juniper Oak 23" manyovrlari Isroil armiyasining AQSh Markaziy qo‘mondonligi bilan 18 oylik integratsiyasini namoyish etdi. Va 29-yanvar kuni Eron hududiga dronlarning hujumi tasodif emas, balki qo‘shma mashg‘ulotlarning final akkordi – ommaviy raketa zarbalarini mini dronlar bilan sahnalashtirish orqali ishlab chiqish hisoblanadi. Ma’lumki, Isroil Harbiy-havo kuchlari Eronning mustahkam yadroviy obyektlari va raketa bazalarini yo‘q qilishga qodir emas. Shu sababli taxminiy operatsiyalarda AQSh bombardimonchilari (ayniqsa, kam ko‘rinadigan "V-2 Spirits") ishtirok etishi muhim hisoblanadi.
Eron harbiy havo kuchlariga zamonaviy Su-35 qiruvchilari bilan ta’minlanishi Vashington va Tel-Avivning imkoniyatlarini cheklaydi. Harbiy mojarolar ehtimoli ortib bormoqda. Isroilda markaziy razvedka boshqarmasii rahbari Uilyam Bernsning uzoq vaqtdan buyon bo‘lib turgani ham bejizga emas.
Tehron assimmetrik tarzda javob berishga qodir, ayniqsa, o‘tgan uch yilda Tel-Aviv Eronning yadroviy dasturiga aloqador harbiy amaldorlar va olimlarni likvidatsiya qilishga ancha zo‘r berdi. Eron avvalroq o‘zining ko‘p bilinmaydigan razvedka dronlarini Isroil osmonida ko‘p sonli operatsiyalarda harakatlantirgan edi. Va markaziy razvedka boshqarmasi bunga juda keskin munosabat bildirdi. 2020-yil yanvar oyida general Qosim Sulaymoniy AQShning Iroqdagi armiya obyektlariga raketa zarbalari bergan. Unda ("Military Watch Magazine" nashri ma’lumotlariga ko‘ra) 100 nafardan ortiq amerikalik harbiylar yo‘q qilingan. Agar Eron 29-yanvardagi hujumni Isroil tashkillashtirganini aniqlasa, keskinlik ortishi tayin. Eron dronlari har qanday murakkablikdagi vazifalarni bajara oladi.
Islom Respublikasi Qurolli kuchlari – ancha qudratli. Eron oliy rahbarining maslahatchisi Kamol Xaroziy avvalroq mamlakat “atom qurolini yaratish uchun texnik imkoniyatlarga ega” va “Isroil hududiga zarba berish” uchun keng ko‘lamli mashg‘ulotlar o‘tkazganini aytdi.
Harbiy mojaro ko‘plab qo‘shni davlatlarga, jumladan, shundoq ham “qaynayotgan” Ozarbayjon va Armanistonga ta’sir qilishi mumkin. Ozarbayjon Isroil bilan qalin munosabatlarda. "Politico" nashri Tog‘li Qorabog‘ mojarosi fonida Ozarbayjon va Eron o‘rtasidagi keskinlikni qayd etdi: “Eron dengizga chiqa olmagan, xavf ostida bo‘lishi mumkin bo‘lgan Armaniston bilan 44 kilometrlik chegarasini saqlab qolish niyatida”.
Va so‘nggisi. Ukrainaning 29-yanvar voqealarga munosabati esa karikaturaga o‘xshaydi. Kiyev rejimi Erondagi teraktni “Rossiya siyosatini qo‘llab-quvvatlash oqibati” deb hisoblamoqda. UQK axborot xizmati hatto Tehron Moskvaga yordam berishni to‘xtatishiga umid bildirdi (bunday qo‘llov esa hech kim tomonidan tasdiqlanmagan). 30-yanvar kuni Eron TIV Ukrainaning Islom Respublikasidagi elchisini chaqirtirdi. Bunga Ukraina prezidenti devoni rahbari maslahatchisi Mixail Podolyakning “Ukraina sizni ogohlantirgan edi” qabilida Kiyevning Isfahondagi hujumga aloqadorligini bilvosita tan olgan bayonotlari sabab bo‘lgan.
Yangiliklar lentasi
0